Yildiz texnika universiteti va TAQI hamkorligi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 87

Toshkent arxitektura-qurilish institutiga Turkiya davlati Yildiz texnika universiteti rektori professor Dr. Tamel Yilmaz, universitet Bosh kotibi Ahmet Yuksel Karahan, Yildiz texnika universiteti Texnopark bosh mudiri Orkan Tanishman hamda rektor maslahatchisi Fati Azartlilardan iborat jamoa tashrif buyurdi. Uchrashuv chog'ida TAQI rektori Ercan Kahya institut hayoti bilan yaqindan tanishtirdi. Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikda kelajakda o’quv, ilmiy va boshqa sohalarda amalga oshiriladigan ishlar to’g’risida kelishib olindi.