Toshkent arxitektura-qurilish instituti rekotri hamda Italiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulotda va Muxtor Elchisi bilan rasmiy uchrashuv

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 158

Toshkent arxitektura-qurilish instituti rekotri Ercan Kahya hamda  Italiya Respublikasining Ozbekistondagi Favqulotda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna bilan rasmiy uchrashuv bolib otdi. Mazkur uchrashuvda Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya, institut ilmiy kotibi Alisher Sultonov hamda Xalqaro hamkorlik bolim boshlig'i Anzirat Nigmadjanova ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Agostino Pinna Italiyadagi arxitektura va qurilish sohasida faoliyat olib boruvchi universitetlar, arxitektura va qurilish kompaniyalari togrisidagi ma'lumotlar bilan tanishtirib otdi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, hamkorlikda ilmiy konferesniya, seminar va vorkshoplarda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda quyidagi natijalarga erishildi:

- Toshkent arhitektura-qurilish instituti hamda Italiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulotdda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna bilan  O‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolashga kelishib olindi;

- Talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, ma’ruzalar, onlayn ma’ruzalar o‘qish, seminar va ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish, o‘zaro hamkorlikda maqolalar chop etish, qisqa muddatli akademik dasturlarni amalga oshirish;

- Talabalar almashinuvi bo‘yicha shartnoma imzolash hamda magistrantlarni bir semestr davomida stajirovkaga yuborish;

- Professor-o‘qituvchilar va doktorantlarga ilmiy stajirovkalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi;

- Milan universiteti bilan Xalqaro ta’lim shartnomasi imzolash ishlari kelishib olindi;

- Talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, ma’ruzalar, onlayn ma’ruzalar o‘qish, seminar va ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish, o‘zaro hamkorlikda maqolalar chop etish, qisqa muddatli akademik dasturlarni amalga oshirish;

- 2022/2023 o‘quv yilidan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistratura mutaxassisligini (1+1) ochish;

- Arxitektura va qurilish fakultetlari professor-o‘qituvchilar orasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishga kelishib olindi.