Toshkent arxitektura-qurilish institutida semenar bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 90

Toshkent arxitektura-qurilish institut Arxitektura fakultetida Turkiyaning Mimar Sinan nafis san’atlar universiteti Arxitektura fakulteti restavratsiya bo‘yicha mutaxassisi Roksana Xasanova tomonidan seminar mashg‘ulotlari hamda Workshoplar tashkil etildi. Mazkur seminarda institutning “Arxitektura tarixi va nazariyasi” hamda “Qurilish materiallari va kimyo” kafedralari professor-o‘qituvchilari, talabalar va Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi olimlari ham ishtirok etdi.