Toshkent arxitektura-qurilish institutida Turkiyaning Marmara universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 123

Toshkent arxitektura-qurilish institutida Turkiyaning Marmara universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda Marmara universiteti prorektori professor Mustafo Jelen, prorektor Xasan Korkut, bosh kotib Murat Arisal, Xalqaro va akademik hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Nuri Tinazlar hamda TAQI rektori Ercan Kahya, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Anzirat Nigmadjanova, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i Nodir Zoxidovlar ishtirok etdi. Hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlik masalalari, talabalar almashnuvi dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv yakunida Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Marmara universiteti o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi hamda mexmonlar institutning yangi binosidagi qulayliklar bilan tanishtirildi.