O'zaro hamkorlik va istiqboldagi rejalar

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 113

Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya va TAQI O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i, texnika fanlari nomzodi, professor Zafar Sattorov ishtirokida O'zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi raisining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha birinchi o'rinbisari Azizbek Bahodirov hamda O'zqurilishmateriallariLITI” MCHJ ilmiy tadqiqot va injiniring markazi direktori Saidaxmad Razzaqov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda bir qator masalalar muhokama qilindi hamda hamkorlik ishlarini rivojlantirish yuzasidan fikrlar almashildi. Xususan o'zaro hamkorlikni bosh g'oyasi - oliy ta'lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish, oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash sifatini takomillashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida integratsiyani ta'minlash, ilmiy tadqiqot izlanishlari va tajriba-sinovlar o'tkazish, innovatsion va ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni yaratish.