Rektor va yoshlar

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 181

Bugun Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya ishtirokida Rektor va yoshlar mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbir ochiq muloqot shaklida boʻlib, unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Zafar Abduvaliyev, rektor maslahatchisi Nuriddin Nishanbayev va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga koʻtarilganligi, yoshlarning oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, xususan institutning yangi o'quv yilini yangi binolarda boshlash imkoniyati berilganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, rektor Ercan Kahya talabalarga yuqori choʻqqilarni zabt etish uchun hozirdan tayyorgarlik koʻrib borish kerakligi, institutda talabalar klubi faoliyatini rivojlantirish, ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha rejalari to'g'risida ma'lumot berdi.