Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 164

“Yangi Oʻzbekiston” taraqqiyotida qurilish hamda arxitektura sohasi muhim oʻrin tutadi. Shu sabab Prezidentimiz soha rivojiga eʼtibor qaratib, yurtimizda zamonaviy qurilish sohasi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, hamda sohaga xalqaro meʼyor hamda standartlarni keng joriy etish muhimligini taʼkidlaganlar. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori Dilshod Sattarov va TAQI rektori Ercan Kahya oʻrtasidagi uchrashuvda malakali mutaxassislar tayyorlashdagi hamkorlik, qoʻshma laboratoriyalarni barpo etish va yuritish hamda talabalarni oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini birgalikda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlik uchrashuvida O'zbekiston standartlar instituti direktori Azizbek Xamdamov ham ishtirok etdi. Uchrashuv natijasida kelajakda tomonlar o'rtasida memorandum imzolanishi kutilmoqda.