Hamkorlik uchrashuvi va istiqboldagi rejalar
Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori professor
Ercan Kahya boshchiligida bir guruh rahbarlar TDIU da bo‘ldi. Uchrashuv
jarayonida boshlangan yangi o‘quv yili, talabalarning amaliyoti, ish bilan
taʼminlanishi, taʼlim jarayonlari borasida fikr almashildi. Mamlakatimizdagi
oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida bu kabi tajriba almashinuv uchrashuvlari
taʼlim sifatini yanada yaxshilash, hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.