Hamkorlik
2022 yilning 12 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Аdju
universiteti rektori G.Muratov Toshkent arxitektura-qurilish institutiga
tashrif buyurdi va institut rektori Ercan Kahya bilan uchrashuv oʼtkazdi.
Uchrashuvda qurilish va arxitektura sohasida taʼlim va ishlab chiqarishni
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida kadrlar tayyorlashning zamonaviy va
mukammal tizimini tadbiq masalalari muhokama qilindi. Tadbirda ikki oliy taʼlim
oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatga muvofiq
oʼquv-tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirish va professor-oʼqituvchilar
ish faoliyatini tashkillashtirishni yanada takomillashtirish, taʼlim
muassasalari oʼrtasida hamjihatlikni chuqurlashtirish borasida tadbirlar
oʼtkazish kelishib olindi. Toshkent shahridagi Аdju universiteti rektori G.Muratov institutning
yangi qurilgan kampusida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.