Memorandum
Uchrashuvda Italiyaning Turin politexnika universiteti prorektorlari Devid Kiarmonti, Fulvio Rinaudo hamda 12 nafar professor-oʼqituvchilari va TAQI rektori Ercan Kahya va prorektorlar, institutning professor-o'qituvchilar qatnashdi. Shuningdek, Toshkent Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxujaev, Italining Oʼzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Аgostino Pinna va Italiyaning maxsus elchisi Romeo Orlandi ham bevosita ishtirok etishdi. Mazkur tadbir davomida Italiyadagi Turin politexnika universiteti hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti oʼrtasida oʼzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumga asosan professor-oʼqituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari amalga oshirish, oʼzaro hamkorlikda ilmiy loyihalar, ilmiy izlanishlar olib borish kabi masalalarga kelishib olindi.