Buxgalteriya bo‘limi

a

a

Bosh buxgalter
+998 55 508 02 91
16:00 & 18:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1991-yil  6-maydagi Farmoniga muvofiq Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil topdi. Shu munosabati bilan institutda bo‘limlar qayta shakllandi va shu qatorda Buxgalteriya bo‘limi o‘z ish faoliyatini boshladi.

    1991-yildan 2024-yilga qadar bo‘limda 8 nafar bo‘lim boshliqlari faoliyat yuritgan. 2026-yil 21-yanvardan bo‘limda Raxmatov Oybek Yangibayevich bosh buxgalter lavozimida faoliyat yuritb kelmoqda.

    Bosh hisobchi:


    Bosh hisobchi rahbar bilan bir qatorda barcha moliyaviy nazorat va tahlil, hisob-kitob ishlari uchun javobgardir. Bosh hisobchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri unversitet rektori, moliya va iqtisod  ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysinib, ikkinchi imzo qo‘yish huquqiga ega bajaradigan ishlari va majburiyatlari:

    egishli  tashkilotlarga oylik  hisobotlarni o‘z  vaqtida topshirilishini nazorat  kiladi, hisobxonada xodimlar unversitet bo‘limlari va  bo‘linmalari tomonidan taqdim  etilgan kirim -  chiqim , to‘lov  va  boshqa hujjatlarni  tekshiradi,  imzolash va ijrosini tegishli xodimlarga  yuklaydi,ish haqi va unga tenglashtirilgan  to‘lovlardan ushlangan soliqlarni tegishli tashkilotlar  hisobiga o‘tkazishni nazorat qiladi, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni g‘aznachilikka so‘rovnomalar tayyorlash va  uni ijrosini  ta’minlaydi,oylik maoshni o‘z  vaqtida to‘lashni ta’minlaydi,UzASBO dasturiy ta’minoti orqali monitoring qilib borish, shuningdek, dars soatlarini bajarilishi, xodimlar tomonidan ish hajmlarini bajarilishini o‘rganish,-budjet  va budjetdan tashqari tushgan  mablag‘lar hisobini  yuritishni nazorat qiladi,xizmat safarlari hisobotlarni qabul qilish, ishlash, oylik  hisobotni yuritish va to‘lash uchun  tarqatish hujjatlarni tayyorlanishini nazorat qiladi,oyning 1-yarmi tabellari asosida prfessor–o‘qituvchi va ishchi–xizmatchilarga ish xaki uchun avans to‘lovlariga o‘z vaqtida to‘lanishini taminlaydi,budjetdan tashqari mablag‘larning samarali foydalanishi yuzasidan taxliliy ishlarni amalga oshiradi.

 

    Bosh hisobchi o’rinbosari bajaradigan ishlari va  majburiyatlari: 


  • devonxona xodimi taqdim qilgan unversitet rektori tomonidan chiqarilgan buyruqlarni qabul qilib yangi ishga kirgan xodimlarga hisob varaqalari ochadi;
  • oyning 1-yarmida kafedra va bo‘limlar taqdim qilgan xodimlarning ish kunlari aks ettirilgan tabellari asosida Professor- o‘qituvchi, ishchi - xizmatchilar ish  haqining  40% miqdorida tarqatish vedomostlarini tuzib va imzolash uchun bosh  hisobchiga taqdim etadi; 
  • oyning 2-yarmi kafedra va bo‘limlar taqdim qilgan xodimlarning ish kunlari aks ettirilgan tabellari asosida Professor o‘qituvchi, ishchi-xizmatchilar ish haqlarini hisoblash, avans, soliq va majburiy to‘lovlarni chegirib, qolgan qismiga tarqatish  vedomostlarini tuzadi  va imzolash uchun bosh hisobchiga  taqdim  etadi;
  • ish haqidan ushlangan soliq  va  majburiy to‘lovlar jamlanmasini asosida 5-jurnal orderini tayyorlab bosh hisobchiga taqdim qiladi;
  • oyning birinchi va ikkinchi yarimi uchun hisoblangan ish  haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni naqd  pulda  olish  uchun  bank  va  g‘aznachilikka so‘rovnomalar tayyorlab, g‘aznachiga o‘z vaqtida taqdim qiladi;
  • professor  o‘qituvchilar, ishchi xodimlarning ishlagan ish kunlari uchun yillik va oylik ma’lumotnomalarini tayyorlab beradi;
  • hisobxona hisobchisi tayyorlagan 5-memorial order asosida davlat soliq inspeksiyasiga xar oyda yagona ijtimoiy to‘lov (25%)ga o‘tkazilgan summalar to‘g‘risida hisobot, daromad solig‘i to‘g‘risidagi o‘z vaqtida topshiradi;  
  • tuman xalq bankiga xodimlar ish haqidan 1% jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga hisoblangan va o‘tkazilgan mablag‘larni to‘lov qaydnomasi asosida xar oyda topshirib boradi;
  • moddiy hisobchi tayyorlagan kirim hisoboti (6-memorial order), chiqim hisoboti (10- memorial order), moddiy javobgar shaxslarning hisob kitob  hisoboti (13- memorial order), tashkilotlar bilan hisob-kitobini yurituvchi hisobot (9- memorial order) ni to‘g‘ri yuritilishini tekshirib balans tayyorlash uchun bosh hisobchiga taqdim qiladi;
  • har oy oxirida Moliya vazirligi g‘aznachiligidan olingan kunlik ma’lumotlarni jamlab, budjet hisobidan tushgan va xarajat qilingan mablag‘lar xamda oy oxiriga qolgan qoldiq to‘g‘risidagi ma’lumotni OO‘MTV ga topshiradi;
  • korxonalar va unversitet o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni Moliya vazirligi g‘aznachiligiga taqdim qiladi va uning to‘lovlarini muntazam ravishda nazorat qilib boradi;
  • unversitet birlamchi hujjatlari asosida kirim qilingan naqd pul mablag‘larini to‘satdan sanoqdan o‘tkazib, g‘azna hujjatlarini amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tekshirib boradi;
  • naqt pul mablag‘larining g‘aznaga to‘g‘ri va to‘liq kirim qilinishi va hujjatlarni hisobxona hisobiga o‘z vaqtida aks ettirilishini nazorat qiladi;
  • sanoqdan o‘tkazilgan tovar va moddiy boyliklarni moddiy javobgar shaxslar tomonidan topshirilgan hisobotlar bilan taqqoslash xamda tekshiruv vaqtida aniqlangan kamomadlarni unversitet hisobiga undirilishi,ortiqchalikni kirim qilinishini amalga oshiradi;
  • unversitetda mavjud asosiy vositalarni, tovar moddiy boyliklarni moddiy ashyolar hisobchisi moddiy javobgar shaxslarning bevosita ishtirokida  va bosh hisobchining xabardorligida qonuniy hujjatlar asosida sanoqdan o‘tkazadi;
  • moddiy javobgar shaxslar tomonidan o‘zga tashkilotlardan sotib olingan tovar moddiy boyliklarni o‘z vaqtida kirim qilinishi va hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishini xamda samarali foydalanishini nazorat qilib boradi;
  • ijarachi tashkilotlarga bo‘sh turgan bino xonalarini ijaraga berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarga asosan ijara haqlarining to‘g‘ri hisoblanishi xamda o‘z vaqtida undirilishi va hisobxonada to‘g‘ri aks ettirilishini nazorat qiladi;
  • tegishli me’yoriy hujjatlar asosida asosiy vositalarni, tez eskiruvchi moddiy qimmatliklarni hisobdan chiqarilishi ustidan ichki nazoratni  amalga oshirib, mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring faoliyatini yuritadi;
  • oliy ta’lim muassasasida budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning kommunal xizmatlar va elektr energiyaga sarflanish limitlariga rioya etilishi yuzasidan tegishli xodimlar ishtirokida ichki nazoratni amalga oshiradi;
  • pul mablag‘lari va tovar moddiy boyliklarni kirim chiqim hujjatlarini yuritishda, mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti harakatlari yoki aralashishlariga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlanganda ularga nisbatan tegishli chora qabul qilish uchun rektor va bosh hisobchiga yozma ravishda xabar beradi.

 

    Talabalar stipendiyasi hisob-kitobi bo‘limi hisobchisining bajaradigan ishlari va majburiyatlari:


  • talabalar stipendiyasi to‘lovlar jamlanmasi  asosida 5-jurnal orderini tayyorlab bosh hisobchiga taqdim qiladi;
  • stipendiyalarni naqd pulda olish uchun bank va Moliya Vazirligi g‘aznachiligiga so‘ravnoma(zayavka) tayyorlaydi;
  • hisoblangan stipendiyani ushlamalarini chegirib qolgan qismga  tarqatish  vedomostlarini tuzadi va imzolash uchun bosh hisobchiga taqdim etadi;
  • fakultetlar tayyorlab bergan buyruqlar va ma’lumotlarni marketing bo‘limi xizmatidan olingan talabalarni kontrakt to‘lovini to‘laganligi to‘g‘risidagi ma’lumot asosida muntazam ravishda tekshirib boradi;
  • guruh sardorlariga fakultet dekanlari tomonidan berilgan ishonchnomalarni qabul qilish xamda moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalarni tuzadi;

 

     Moddiy ashyolar hisobchisining bajaradigan ishlari va majburiyatlari: 


  • yil boshida budjet mablag‘lari to‘g‘risidagi xarajatlar smetasi asosida kommunal xizmatlar to‘lovlari uchun korxonalar bilan shartnomalarga smetadan ajratilgan summalarni bosh hisobchi ogohligida qo‘yib beradi;
  • korxonalar bilan hisob-kitobni 178-shaklda aks ettirib borish va xar oy oxirida bosh hisobchiga taqdim etadi;
  • har oy oxirida korxonalar bilan qarzdorliklarni 292-shaklda aks ettirib tashkilotlardan olingan solishtirma dalolatnomalar asosida tekshirib borish  va biriktirilgan xodimlarga topshiriqlar beradi;
  • ishonchnomalar kitobini yuritib moddiy javobgar  shaxslarga ishonchnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib  berib va  o‘z vaqtida ijrosini ta’minlanishi ustidan  nazorat olib boradi;
  • har oy oxirida 9-memorial order (Tashkilotlar bilan o‘zaro hisob kitoblar)ni yuritib, bosh hisobchiga taqdim qiladi;
  • tashkilotlardan olingan hisob-faktura va solishtirma dalolatnomalarni tekshirib to‘lov uchun beradi;
  • moddiy javobgar shaxslarning oylik hisobotlari (topshirish qabul qilish dalolatnomalari, hisobdan chiqarish dalolatnomalari)ni qabul  qilish va 13 memorial orderda aks ettirib boradi;
  • unversitet garaj mudirining hisobotlarini, ya’ni haydovchilarning oylik transport yo‘l varaqalarini qabul  qilib, va kirim hujjatlari bilan tekshirib 13 memorial orderda aks ettirib boradi;
  • markaziy omborxona mudiri taqdim qilgan kirim hujjatlarini qabul qilib, 6-memorial orderda aks ettiradi;
  • markaziy omborxona mudiri taqdim qilgan ya’ni kafedra va bo‘limlar moddiy javobgar shaxslariga omborxonadan tovar moddiy boyliklarni chiqim qilganligi aks ettirilgan hujjatlarni qabul qilib 10-memorial orderda aks ettirib boradi;
  • rektorning buyrug‘iga asosan Fakultet, bo‘lim va kafedralarida joylashgan tovar moddiy boyliklar nazorati va javobgarligini olib borish uchun xodimlar bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzadi;
  • unversitet rektori va Vazirlikning ko‘rsatmasiga asosan moddiy javobgar shaxslar javobgarligidagi tovar moddiy boyliklarni qayta sanoqdan o‘tkazishni tashkil qilib, komissiya a’zolari ishtirokida qayta  sanoqdan  o‘tkazish, qayta  sanoqdan o‘tkazilgandan so‘ng solishtirma dalolatnoma asosida tekshiradi va uning natijasi to‘g‘risida bosh hisobchiga ma’lumot beradi;
  • qayta sanoq natijasida aniqlangan kamomadni tegishli moddiy javobgar shaxslardan  undirib, ortiqchasini hisobotga  kirim  qiladi;
  • buxgalteriya hisobotlari bo‘yicha tavor moddiy  boyliklarni hisob  varaqalari (inventar kartochka) ni  yuritadi;
Hozircha bo'lim tarkibi ma'lumotlari yo'q