Yangiliklar

E'lonlar

 22

“Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida seminar-trening

Hurmatli professor-o’qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar! Toshkent arxitektura-qurilish universitetida StrikePlagiarism tashkiloti mutaxassislari ishtirokida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tadi. Sana: 2026-yil 19-oktabr (dushanba) Vaqt: soat 11:00 Manzil: TAQU, Bosh bino, 502-xona Seminar-treningda quyidagi masalalar muhokama qilinadi: ✅ ilmiy ishlarda mualliflik huquqi va uni himoya qilish; ✅ plagiat turlari va undan qanday saqlanish; ✅ manbalardan to’g’ri iqtibos keltirish va havola berish qoidalari; ✅ StrikePlagiarism tizimida matnlarni originallikka tekshirish amaliyoti; ✅ akademik halollik tamoyillari va ilmiy etika. Seminar-trening ilmiy maqola, dissertatsiya va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlayotganlar uchun ayniqsa foydali bo’ladi. Barchangizni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!  

E'lonlar

 28

Turdiyev Abdullo Sagdullayevichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Turdiyev Abdullo Sagdullayevich 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti va 08.00.13 – Menejment tutash ixtisosliklari bo‘yicha "Qurilish materiallari sanoatida talab va ishlab chiqarish mutanosibligini strategik boshqarish metodologiyasini takomillashtirish" mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 22-oktyabr soat 12:00 dagi bosh bino 502-majlislar zalida bo‘lib o‘tadi Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Bosh bino 502-majlislar zali. e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…

E'lonlar

 26

G‘iyosov Ilhom Karimovichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

G‘iyosov Ilhom Karimovichning 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti va 08.00.13 – Menejment tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirishda korporativ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishning metodologik asoslari ” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 22-oktyabr 10:00 da 502-xonada bo‘lib o‘tadi Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Bosh bino 502-majlislar zali. e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…

E'lonlar

 52

Rahmatxo’jayeva Dilrabo Shuxratxo’ja qizining Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muhokamasi to‘g‘risida

Rahmatxo’jayeva Dilrabo Shuxratxo’ja qizining  05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”  ixtisosligi bo‘yicha “Ekspluatatsiyadagi ko‘p kvartirali uylarning zilzilabardoshlik ko‘rsatkichlariga nuqsonlar va shikastlanishlarning ta’siri” mavzusidagi Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muxokamasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.T.02.M  raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning 2026-yil 20-oktabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Ilmiy rahbar: t.f.d., prof.Xotamov A.T. Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat, Ilmiy Kengash zali e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…

E'lonlar

 121

Abdullayev Jamshid Sagdullayevichning Arxitеktura bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya seminari to‘g‘risida

Abdullayev Jamshid Sagdullayevichning 18.00.01-“Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” ixtisosligi bo‘yicha “Toshkent me’morchiligida arxitekturaviy uslublarning bosqichma-bosqich rivojlanishi” mavzusidagi Arxitеktura bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Toshkеnt arxitеktura qurilish univеrsitеti huzuridagi ilmiy darajalar bеruvchi DSc.03/2026.09.01.А.01.М raqamli ilmiy kеngashning ilmiy seminarida 2026-yil 9-oktyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: Tashkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (bosh bino, 502 xona).e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…

Yangiliklar

 382

“Besh tashabbus olimpiadasi”: sport musobaqalariga start berildi

29-sentabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Sport, yoshlar va katta ishtiyoq bir joyga jam bo‘lgan tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, FISU prezidenti Leonz Eder, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbir davomida ishtirokchilarga musobaqalarning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berilib, sport bellashuvlariga ramziy start berildi.Mazkur musobaqalar doirasida talabalar sportning turli yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyon etib, g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Shuningdek, ayni kunlarda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan FISU va AUSF vakillari ham ochilish marosimida qatnashdi.

E'lonlar

 142

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Munozara” debat musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 25-sentabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Munozara” debat musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning Arxitektura fakultetidan “Arxitektor”, “Zukkolar”, “TAQU DEBAT”, “Zehn”, Qurilish fakultetidan “Notiqlar”, “Yuksalish”, “Idrok”, Menejment fakultetidan “Yangi nigoh”, “Strateglar”, “Fikr maydoni”, “Intelekt”, Muhandislik fakultetidan “Tafakkur”, “Notiqlar”, “Argument” jamoalari faol ishtirok etishdi.    Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash, notiqlik, dalillar asosida fikr yuritish hamda munozara olib borish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.   Hakamlar hayatining yakuniy natijalariga ko‘ra, Muhandislik fakultetining “Tafakkur” jamoasi munosib ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Gʻoliblar diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Tadbirlar

 138

“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi

“Eng yaxshi fotoalbom” tanlovi doirasida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan fotoalbomlar mazmun-mohiyati, mavzuni yoritish darajasi, ijodiy yondashuv, fotosuratlarning sifati va o‘ziga xosligi, kompozitsion yechim hamda tanlov talablariga muvofiqligi kabi mezonlar asosida ko‘rib chiqildi. Belgilangan hakamlar hayati qaroriga koʻra universitetning quyidagi talabalari gʻolib deb topildi (hakamlar hayati bayonnomasi ilova qilinadi). 1-oʻrin – Arxitektura fakulteti talabasi – Safaraliyev Ozod 2-oʻrin – Arxitektura fakulteti talabasi – Abdushukurov Abduvohob 3-oʻrin – Muhandislik fakulteti talabasi – Komilov Asad “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovida esa ishtirokchilarning ijrochilik mahorati, ovoz imkoniyatlari, sahna madaniyati, qo‘shiqni ijro etish sifati, repertuarning mazmuni, badiiy va ijodiy yondashuvi hamda tomoshabinlarga ta’sirchan yetkazib berish darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Berilgan e’lon asosida mazkur tanlovlar 2026-yil 28-sentyabr kuni “Eng yaxshi qoʻshiq” tanlovi belgilangan tartibda, yuqori saviyada va tashkiliy jihatdan puxta tashkil etilib, o‘tkazildi. Tanlov jarayonida ishtirokchilarning teng huquqli ishtiroki ta’minlanib, ularning ijodiy ishlari va chiqishlarini xolis baholash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Belgilangan hakamlar hayati qaroriga koʻra “Eng yaxshi qoʻshiq” tanlovida quyidagi talabalari gʻolib deb topildi (hakamlar hayati bayonnomasi ilova qilinadi). 1-oʻrin – Arxitektura fakulteti talabasi – Qoʻyliyev Sardor 2-oʻrin – Qurilish fakulteti talabasi – Ulugʻbekov Otabek 3-oʻrin – Muhandislik fakulteti talabasi – Abduqosimova Munira Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning natijalari umumlashtirilib, tasdiqlangan baholash mezonlari asosida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Tanlov natijalari koʻra gʻolib boʻlgan talabalar diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Yangiliklar

 238

“Yashil qo‘llar” — tozalik tadbirida faol ishtirok etdik!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari hamda tyutor N. Xidoyatova boshchiligida “Yashil Qo‘llar” tozalik tadbirida faol ishtirok etdik. Atrof-muhitni asrash, hududlarimizni obodonlashtirish va tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish — barchamizning muhim vazifamizdir. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan yurtimiz obodligi va ekologik tozaligiga o‘z hissamizni qo‘shdik! Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir! Toza va obod muhit yaratish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz! Yashil qo‘llar — obod yurt sari!