Talabalar Kengashi
Kengash faoliyati
Universitetimiz Talabalar Kengashi talabalik hayotini rivojlantiruvchi
va har kimga universitetda o‘z o‘rnini topishiga yordam beruvchi faol talabalar
jamoasidir. Bu yerda g‘oyalar tug‘iladi, yetakchilar shakllanadi va kelajak
quriladi!
Talabalar kengashi universitetimiz faol hayotining yuragi hisoblanadi.
Bu nafaqat o'qiydigan, balki birdamlik, qo'llab-quvvatlash va rivojlanish
muhitini yaratadigan g'ayratli va maqsadli talabalar jamoasi. Biz talabalik
hayotini jonli, boy va foydali qilishga intilamiz.
Har bir talaba o‘z iqtidorini namoyon etish, tashkilotchilar jamoasiga
a’zo bo‘lish, o‘z g‘oyalarini amalga oshirish va universitet rivojiga hissa
qo‘shish imkoniyatiga ega.
Kengash maqsadi
Barcha iqtidorli talabalarni birlashtirib,
universitetimiz va o’z rivojimiz uchun bir butun, kuchli va hamjihat jamoa tuzish. Yoshlar
kengashi orqali talabalar muammolariga yechim topish va ular uchun qulay
shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilish.
Talabalar kengashi - bu ko'ngilli talabalar guruhi
universitet ma’muriyati va talabalar o’rtasidagi ko’prik vazifasini bajaradi,
talabalarning fikrini ifoda etish, universitet ishlari va faoliyatida yordam
berish, talabalarga etakchilik tajribasini oshirish va talabalar,
professor-o'qituvchilar, jamoatchilik bilan aloqalarni rag'batlantirish uchun tashkil
etilgan.
Kuchli talabalar kengashi universitetni faqatgina o‘qish joyi emas, balki rivojlanish, yetakchilik va innovatsiyalar markaziga aylantiradi!
Kengash a'zolari
Kengashning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari
Telegram ➔ https://t.me/tuace_su
Instagram ➔ https://instagram.com