Amaldagi loyihalar

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida qator xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Germaniya akademik almashinuvlar xizmati (DAAD) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Yodgorliklarni fanlararo muhofaza qilish 2.0 – Shahar va ijtimoiy muhitda mahalladagi binolarni muhofaza qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 45 000 Yevro. Loyihani amalga oshirish muddati 2024-2027 yillar. Loyiha doirasida universitetning 1 nafar professori Potsdam amaliy fanlar universitetida malaka oshirib qaytdi, ayni vaqtda universitetning 3 nafar talabasi mazkur universitetda tahsil olmoqda.

Yevropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi doirasida Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Akademik mobillik loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 30 000 Yevro. Loyihani amalga oshirish muddati 2024-2027 yillar. Mazkur loyiha doirasida universitetning 1 nafar xodimi hamda 1 nafar talabasi Turin politexnika universitetida malaka oshirdi hamda tahsil olib qaytdi.

Xitoy Xalq Respublikasining Chongchin universiteti bilan hamkorlikda Sino-O‘zbek laboratoriyasi tashkil etilgan. Mazkur loyiha doirasida universitetning 2 nafar professor-o‘qituvchisi Chongchin universitetida malaka oshirdi.

Yevropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi doirasida Germaniyaning Veymar-Bauxaus universiteti bilan hamkorlikda Akademik mobillik loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 30 000 Yevro. Loyihani amalga oshirish muddati 2023-2025 yillar. Mazkur loyiha doirasida universitetning 5 nafar xodimi hamda 3 nafar talabasi Veymar-Bauxaus universitetida malaka oshirdi hamda tahsil olib qaytdi.