Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor

Abdukarimov Abduvaxob Makamboyevich

Abdukarimov Abduvaxob Makamboyevich

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor
a.abdukarimov@taqu.uz
16:00 & 18:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

Umumiy qoidalar:

  • Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor (keyingi o‘rinlarda – Birinchi prorektor) oliy ta’lim muassasasining rahbar xodimi hisoblanadi.
  • Birinchi prorektor rektor buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
  • Birinchi prorektor o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik buyruqlari, OTM Ustavi va ichki me’yoriy hujjatlariga amal qiladi.
  • Birinchi prorektor bevosita rektorga bo‘ysunadi.

Lavozimning asosiy maqsadi

    Oliy ta’lim muassasasining uzoq va o‘rta muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilish, muassasaning barqaror rivojlanishi, raqobatbardoshligi va xalqaro nufuzini oshirishni ta’minlash.


    Asosiy vazifalari:

Strategik rejalashtirish:

  • OTMning 5–10 yillik rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va yangilab borish.
  • Strategik maqsadlar va KPI ko‘rsatkichlarini belgilash.
  • Rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish.
  • SWOT-tahlil va boshqa tahliliy mexanizmlarni joriy etish.

Institutsional rivojlanish:

  • Boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  • Sifat menejmenti tizimini joriy etish va rivojlantirish.
  • Tashkiliy tuzilmani optimallashtirish.
  • Raqamli transformatsiya jarayonlarini boshqarish.

Xalqaro hamkorlik va reytinglar:

  • Xalqaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish.
  • Xalqaro reytinglarda (masalan, QS World University Rankings, Times Higher Education) ishtirok etish va pozitsiyani yaxshilash choralarini ko‘rish.
  • Xorijiy OTMlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik dasturlarini kengaytirish.

Investitsiya va grant loyihalari:

  • Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va jalb qilish.
  • Xalqaro va milliy grant dasturlarida ishtirok etishni muvofiqlashtirish.
  • Davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni rivojlantirish.

Monitoring va tahlil:

  • Strategik rejalar ijrosini muntazam monitoring qilish.
  • Analitik hisobotlar tayyorlash va rektorga taqdim etish.
  • Faoliyat samaradorligini baholash tizimini joriy etish.

Huquqlari:

  • Birinchi prorektor quyidagi huquqlarga ega:
  • OTM tarkibiy bo‘linmalaridan zarur ma’lumotlarni talab qilish.
  • Strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish.
  • Tashqi tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.
  • Rektorga taklif va tavsiyalar kiritish.

Javobgarligi:

  • Strategik rejalar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun.
  • Belgilangan KPI ko‘rsatkichlarining bajarilishi uchun.
  • O‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar uchun.
  • Ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi uchun.

Abdukarimov Abduvaxob Makamboyevich 1985-yil Andijon viloyatida tavallud topgan.

Ma’lumoti – oliy, Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD

    Mehnat faoliyati:

  • 2003-2005 yy. - Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti talabasi
  • 2005-2008 yy. - Peterburg davlat temir yo‘l universiteti talabasi
  • 2008-2008 yy. – Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti Temir yo‘llar qurilishi, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi kafedrasi stajer-tadqiqotchisi
  • 2008-2011 yy. - Peterburg davlat temir yo‘l universiteti aspiranti
  • 2012-2012 yy. - Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti Temir yo‘llar qurilishi, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi kafedrasi assistenti
  • 2012-2015 yy. - Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti Temir yo‘llar qurilishi, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi
  • 2015-2015 yy. - Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti Yo‘l va yo‘l xo‘jaligi ilmiy tadqiqot laboratoriyasi mudiri
  • 2016-2017 yy. - Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti“Yo‘l va yo‘l xo‘jaligi ilmiy tadqiqot laboratoriyasi katta ilmiy xodimi
  • 2017-2017 yy. - Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti Temir yo‘llar qurilishi, yo‘l va yo‘l xo‘jaligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • 2017-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Texnika fanlari bo‘yicha dasturlar va loyihalarni tahlil qilish, shakllantirish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari
  • 2018-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i
  • 2018-2021 yy - O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Tadqiqotlar va iqtisodiyot real sektoriga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i
  • 2021-2022 yy - O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatga investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig‘i
  • 2022-2025 yy   - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Fan va ta’lim rivojlantirish sho‘basi bosh konsultanti
  • 2025 y. - h.v.   - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor