Qurilish fakulteti

Abdullayev Axror

Abdullayev Axror

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent
Fakultet dekani
a.abdullayev@taqu.uz
+998 55 508 03 87
14:00 & 16:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

Qurilish fakulteti tarixi:


    Qurilish fakulteti o'z tarixini 1931-yilda Toshkentda tashkil etilgan O'rta Osiyo Politexnika instituti (OPI) tarkibida boshlagan va O'zbekiston qurilish sohasi uchun kadrlar tayyorlashda muhim rol o'ynagan, keyinchalik universitetning ajralmas qismiga aylangan. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1991-yil 6-may farmoni bilan Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti (keyinchalik Universitet) tashkil etildi, bu esa qurilish kadrlariga bo'lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan edi. 1991-yilda Sanoat va fuqaro qurilishi” fakulteti, 2005-yildan Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti, 2016-yildan Texnologiya” fakulteti va  2024 yildan  Qurilishfakulteti deb nomlandi.

    Fakultetga turli yillarda, X.Z. Rasulov, X.N. Nuretdinov, R.A.Kuchkarov, S.Sadriddinov, R.X. Pirmatov, I.U.Ibragimov, I.T.Aliyev, S Inyurt, R.M Xadjaev, rahbarlik qildilar. Bugungi kunda fakultetga dotsent A.J.Abdullayev rahbarlik qilmoqda.

Fakultet faoliyati:


Qurilish fakultetining quyidagi vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi: zamonaviy talablar va yangi o‘quv rejalari asosida ta’lim sifatini yanada oshirish; talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etish va ularga metodik rahbarlik qilish; uzluksiz o‘quv-amaliyot jarayonini takomillashtirish; qurilish sohasidagi ishlab chiqarish korxonalari, loyiha tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash; ilg‘or muhandislik texnologiyalari va innovatsion yechimlarni o‘quv jarayoniga joriy etish va h.k.

Kafedralarda bajariladigan ilmiy - tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalar muntazam jalb etilib kelinmoqda. Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari ilmiy anjuman va seminarlarda muhokama etilib, hisobotlarda va maqolalarda o‘z aksini topmoqda.

Fakultet professor-o‘qituvchilari jamoasi tomonidan universitet rahbariyati bilan har yili tuziladigan belgilangan tartibdagi shartnomalar asosida zamonaviy ta’lim standartlari va fan-texnika taraqqiyoti talablariga to‘liq mos keladigan monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda uslubiy ko‘rsatmalar tizimli ravishda ishlab chiqilib, nashr etilmoqda va o‘quv jarayoniga keng joriy qilinmoqda. Ushbu ilmiy-uslubiy mahsulotlar ta’lim jarayonining mazmunini boyitish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, talabalar bilimini chuqurlashtirish hamda ularning mustaqil va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, fakultet professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy jurnallarda muntazam ravishda chop etilib, Scopus va Web of Science kabi xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida indekslanadigan nashrlarda e’lon qilinishi orqali professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, fakultetning ilmiy nufuzi va universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rni mustahkamlanib bormoqda.

Fakultet professor-o‘qituvchilari qurilish sohasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar hamda ularning amaliy natijalarini ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish yo‘nalishida muayyan yutuqlarga erishib kelmoqdalar. Ilmiy-tadqiqot faoliyati davlat grantlari asosidagi innovatsion va amaliy loyihalar, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalari bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari doirasida amalga oshirilmoqda. Mazkur faoliyat natijasida kafedralarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy ta’minoti yaxshilanmoqda hamda universitet byudjetiga qo‘shimcha moliyaviy tushumlar ta’minlanmoqda.

Fakultetda talabalarni vatanparvarlik, milliy g‘urur va yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Professor-o‘qituvchilar hamda murabbiylar tomonidan har bir talabaning shaxsiy kamoloti, ma’naviy dunyoqarashi va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Ushbu jarayonda talabalarni komil inson etib voyaga yetkazish, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilanadi.

Shu bilan birga, fakultetda milliy qadriyatlar, tarixiy meros, milliy an’analar, bayramlar hamda sharqona urf-odat va udumlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalar, yig‘ilishlar va davra suhbatlari muntazam tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida taniqli adabiyot va san’at namoyondalari, shoirlar, bastakorlar, yozuvchilar hamda teatr va kino san’ati vakillari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilib, talabalarning madaniy saviyasi, estetik didi va ijodiy tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Fakultetda 4 ta mutaxassis tayyorlovchi ("Bino va inshootlar qurilishi”, “Qurilish muhandisligi”, “Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik kafedrasi” va “Gidrotexnika va geotexnika”) kafedralar faoliyat yuritmoqda.

Hozircha bo'lim tarkibi ma'lumotlari yo'q