Raqamlashtirish va korporativ ma'lumotlar markazi
Abdullayev Bobur Toxir o'g'li
Markaz faoliyati
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Raqamlashtirish va Korporativ Ma'lumotlar Markazi” zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida yetakchi rol o‘ynab, universitetning raqamli transformatsiyasini ta’minlash va ta’lim jarayonini innovatsion darajaga ko‘tarishga xizmat qiladi. 2003-yil 1-mayda tashkil etilgan ushbu markaz o‘tgan yillar davomida o‘z faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib, bugungi kunda universitetning texnologik rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
Markazning tashkil topgan yildan boshlab xozirgi vaqtgacha:
- Ermatov Ibrohim (2003-2007 yilga qadar)
- Fayziyev Rabim (2011-2012 yilga qadar)
- Ummatov Elmurat (2007-2011,2012-2023 yilga qadar)
- Karim Maxanov (2023-2024 yilga qadar)
Abdullayev Bobur 2024-yildan to hozirgi vaqtgacha Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Raqamlashtirish va Korporativ Ma'lumotlar Markazi” Markaz direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda va markazni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida faol ish olib bormoqda.
Markazning faoliyati va maqsadlari:
Markazning asosiy maqsadi oliy ta’lim muasassasida zamonaviy raqamli texnologiyalar va ilg‘or tahliliy tizimlarni joriy etish orqali universitetning strategik boshqaruvini yangi bosqichga olib chiqish hamda ta’lim, fan va boshqaruv jarayonlarining to‘liq integratsiyasini ta’minlashdan iboratdir. Markaz universitet hayotidagi barcha muhim ma’lumotlarni yagona markazlashgan ekotizimga birlashtirib, har bir talaba, professor-o‘qituvchi va xodimning faoliyatini raqamli aks ettiruvchi shaffof muhitni yaratishga xizmat qiladi. Bu jarayonda raqamli infratuzilmani mustahkamlash, axborot xavfsizligini ta’minlash va foydalanuvchilar uchun qulay elektron platformalar ishlab chiqish kabi strategik yo‘nalishlar ustuvor hisoblanadi. Markaz nafaqat universitet ichidagi jarayonlarni avtomatlashtirish bilan cheklanib qolmay, balki ilmiy-innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va kiberxavfsizlikni rivojlantirish kabi kengroq masalalarda ham faol ish olib boradi.
Markazning tuzilmasi:
Markaz bir nechta ixtisoslashgan bo‘limlardan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim o‘ziga xos vazifalarni bajaradi:
1. “O‘quv jarayoni boshqaruvini
avtomatlashtirish bo‘limi” – o‘quv jarayonini raqamlashtirishga
ixtisoslashgan bo‘lib, talabalar va o‘qituvchilar uchun qulay va samarali
elektron tizimlarni ishlab chiqadi. Bu bo‘lim o‘quv dasturlari, baholash
tizimlari va boshqa ta’lim jarayonlari bilan bog‘liq platformalarni modernizatsiya
qiladi.
2. “Tarmoqlarni boshqarish va
axborot xavfsizligi bo‘limi” – universitetning axborot xavfsizligini
ta’minlashga mas’uldir. Ushbu bo‘lim ma’lumotlarning himoyalanishini nazorat
qiladi, tarmoq infratuzilmasini boshqaradi va kiberxavf-xatarlarga qarshi
zamonaviy choralar ko‘radi.
Markazning asosiy vazifalari:
Markaz o‘z faoliyatida quyidagi asosiy yo‘nalishlarga e’tibor qaratadi:
- “Raqamli infratuzilmani rivojlantirish”: Universitetning barcha
bo‘limlari uchun zamonaviy axborot tizimlarini loyihalashtirish va joriy etish.
- “Axborot xavfsizligi”: Universitetning raqamli ma’lumotlarini himoya
qilish va kiberxavfsizlik standartlarini oshirish.
- “Elektron ta’lim tizimlari”: Masofaviy ta’lim platformalarini ishlab
chiqish va ularni talabalar hamda o‘qituvchilar uchun maksimal darajada qulay
qilish.
- “Veb-saytlar va tizimlarni boshqarish”: Universitetning rasmiy
veb-saytlarini yaratish, yangilash va uzluksiz ishlashini ta’minlash.
- “Dasturiy ta’minot va texnik yordam”: Axborot texnologiyalari bilan
bog‘liq muammolarni tezkor hal qilish va dasturiy vositalarni yangilab borish.
- “Innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash”: Professor-o‘qituvchilar va
talabalarning IT sohasidagi ilmiy loyihalariga ko‘maklashish.
- “Kirish-chiqishni avtomatlashtirish”: Face ID texnologiyalari yordamida
universitet binolarida xavfsizlik va ruxsat tizimlarini yaxshilash.
Markaz yutuqlari:
Raqamlashtirish va Korporativ Ma’lumotlar Markazi o‘z faoliyati davomida bir qator muhim yutuqlarga erishdi:
- Universitetning rasmiy veb-saytlari va o‘quv jarayoni bilan bog‘liq
platformalarni muvaffaqiyatli ishlab chiqish va doimiy texnik
qo‘llab-quvvatlash.
- Axborot xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy texnologiyalarni joriy
etish va ma’lumotlar himoyasini yangi darajaga ko‘tarish.
- Masofaviy ta’lim platformalarini kengaytirish va pandemiya davrida
uzluksiz ta’lim jarayonini ta’minlashda muhim rol o‘ynash.
- Face ID kameralarini o‘rnatish orqali universitet binolarida xavfsizlik
tizimini mustahkamlash va kirish-chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Hamkorlik va ochiqlik:
Markaz universitetning barcha bo‘limlari va tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Har qanday taklif, loyiha yoki hamkorlik bo‘yicha ochiq bo‘lib, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor. Markazning asosiy prinsipi – ochiqlik, samaradorlik va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim sohasiga integratsiyalashdir.
Raqamlashtirish va korporativ ma’lumotlar markazi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti xodimlari va professor-o‘qituvchilari uchun Texnik qo’llab-quvvatlash xizmati taqdim etadi.

Ochiq va innovatsion texnologiyalar asosida universitetimizning raqamli rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shishdan faxrlanamiz!