"Anti-Corruption Hackathon 2025"ga start berildi
Joriy yilning 2-3-4 may kunlari "Yangi
O‘zbekiston" universitetida “Anti-Corruption Hackathon 2025" xakatoni
bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda
korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi. G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo
yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni ("Coding4Integrity")da
O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Yo‘nalishlar:
- davlat xaridlari, sport, qurilish, moliya va sug'urta
tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni
jalb etish;
- ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga
qaratilgan boshqa yondashuvlar.
Xakatonda ingliz tilini yaxshi biladigan 18-35
yoshdagi turli soha vakillari yakka yoki (3 kishilik) jamoaviy holda ishtirok
etishi mumkin.
Tayyorlov vebinari: 21-aprel
Xakatonda ishtirok etish uchun 28-aprelga qadar uchbu havola orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.