Kafedradagi o‘qituvchilar
№ |
F.I.Sh. |
Lavozimi |
1 |
Shoisoev Izatullo Kenjaevich |
Kafedra mudiri |
2 |
Salimov Arifdjan Muslimovich |
professor |
3 |
Nurmuxamedova Shoira Zaxidovna |
professor |
4 |
Mirdavidova Saodat Mirvalievna |
dotsent |
5 |
Yaxyaev Abdulla Abdujabborovich |
dotsent |
6 |
Masharipov Oybek Abduraximovich |
v.v.b. dotsent |
7 |
Mustafoev Shahboz
Shuhratovich |
v.v.b. dotsent |
8 |
Turdiev Abdurazak Abduraximovich |
dotsent |
9 |
Salaev Ergash Atonazarovich |
katta o‘qituvchi |
10 |
Raxmatova Nodira Baxrievna |
katta o‘qituvchi |
11 |
Jo‘raeva Sarvinoz G‘ofur qizi |
katta o‘qituvchi |
12 |
Qalandarov Bobur Alijon o‘g‘li |
katta o‘qituvchi |
13 |
Qurbono Ravshan Xushnazarovich |
katta o‘qituvchi |
14 |
Ashurov Saydullo Xasan o‘g‘li |
assistent |
Tashqi o‘rindoshlar |
||
15 |
Mamatmusaev Toxir Shaydulovich |
professor |
16 |
Ziyaev Abdumannop Abduraximovich |
professor |
17 |
Pulatov Xayrulla Shamubarakovich |
professor |
18 |
Raximov Komil |
dotsent |
19 |
Dosmetova Zuhra Shavkatovna |
dotsent |
20 |
Po‘latov Mirodil Mirsagatovich |
katta o‘qituvchi |
21 |
Ubaydullaxo‘jaev Saidazizxo‘ja O‘tkir o‘g‘li |
katta o‘qituvchi |
Kafedra faoliyati
“Arxitektura yodgorliklari” kafedrasi
arxitektura va-qurilish universiteti tarkibidagi eng keksa va nufuzli kafedralardan
hisoblanadi. U dastlab 1929 yilda O‘rta Osiyo
paxtachilik – industrial politexnika instituti qoshida “Arxitektura tarixi va nazariyasi”
kafedrasi bo‘lib tashkil etilgan. Ushbu kafedraga V.A. Nilsen, M.A. Salohiddinov,
X.Sh. Po‘latov, T.F. Qodirova, Sh.S. Reyimbaev, D.A. Nozilov, T.Sh. Mamatmusaev,
I.K. Shoisoev kabi arxitektura sohasining yetuk olimlari rahbarlik qilishgan.
2021 yildan esa iste’dodli olim
I.K.
Shoisoev boshchilik qilmoqda.
Kafedrada mohir pedagog, jonkuyar olimlari, professor O.M. Salimov, Sh.Z. Nurmuhamedova,
professor T.Sh. Mamatmusaev, professor X.Sh. Po‘latov, PhD, dotsent S.M. Mirdavidova,
PhD, dotsent A.A. Yaxyaev, PhD, dotsent O.A. Masharipov, PhD, dotsent Sh.Sh. Mustofoev,
PhD E.A. Salaev, dotsent A.A.Turdiev, katta o‘qituvchilar N.B. Raxmatova, S.G‘.
Jo‘raeva, B.A. Qalandarov, R.X. Qurbonov, assistent S.X. Ashurovlar ilmiy va pedagogik
faoliyat olib bormoqdalar.
Mazkur kafedrada faoliyat ko‘rsatgan
mashhur olimlar akademik G.M. Pugachenkova, professor V.A. Nilsen, P.Zohidov,
T.F. Qodirova, D.A. Nozilov, Sh.D. Asqarov, I.Azimovlar o‘zbek arxitektura fani
rivojiga munosib hissa qo‘shganlar. Bugungi kunda professor O.M. Salimov, professor
Sh.Z. Nurmuhamedova, professor X.Sh. Po‘latov, professor A.A. Ziyaev, professor
T.Sh. Mamatmusaev, professor Sh.S. Reyimbaev kabi olim-pedagoglar qo‘lida tahsil
ko‘rgan minglab malakali arxitektorlar O‘zbekiston milliy arxitektura san’atining
yanada takomillashtirish maqsadida ijodiy izlanmoqdalar. Ular mustaqillik yillarida
mamlakatimizda qad ko‘targan yuzlab zamonaviy, ko‘rkam binolar, arxitektura yodgorliklarini
qayta tiklash va ularni tarixini o‘rganish loyihalarining mualliflaridir.
Universitetning
barcha kafedralari qatori “Arxitektura
tarihi va nazariyasi”, “Arxitektura yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash”,
“Tarixiy shahar markazlarini rekonstruksiya qiliish”, “Arxitektura yodgorliklaridan
zamonaviy maqsadlarda foydalanish”, “Arxitektura yodgorliklarining muhofaza hududlarini
tashkil etish usullari”, “Tarixiy shahar markazlarini qayta tiklash”, “Muqarnas
va girih”, “Restavratsiyada innovatsiyalar: xorij tajribasi” va boshqa mutahassislik
fanlaridan o‘ndan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar nazariya, amaliy dars mashg‘ulotlarini
olib bormoqdalar.
Kafadra bugungi kunga kelib 2
ta bakalavriat 60212200 – “Madaniy meros ob’ektlarini asrash”, 60731100 – “Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi
va restavratsiyasi”, 70730102
- “Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash” mutaxassisligi
bo‘yicha magistratura yo‘nalishi va Germaniyaning Anxalt universiteti bilan hamkorlikdagi
“Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash” mutahassisligidan
1+1 qo‘shma ta’lim dasturi asosida mamlakatimiz taraqqiyoti uchun kadrlar tayyorlanib
kelinmoqda.
Kafedrada 18.00.01 – “Arxitektura nazariyasi
va tarixi, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” ixtisosligi bo‘yicha
xozirgi kunda 21 nafar tayanch doktorant, 6 nafar mustaqil izlanuvchi (PhD), 2 nafar
DSc doktoranti va 3 nafar mustaqil izlanuvchi (DSc) lar
arxitektura tarixi va nazariyasi, arxitektura tarixiy yodgorliklarni tiklash va
shu kabi mavzular ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Kafedra jamoasi arxitektura tarixi hamda
amaliyotiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Keyingi yillarda
kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq darslik, 15 dan ortiq o‘quv
qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatma va 15 ga yaqin monografiyalar chop ettirilishi o‘zbek
arxitektura fanini boyitgan adabiyotlar safidan joy oldi.
Kafedra jamoasi turdosh ilmiy-tadqiqot
muassasalari va ijodiy tashkilotlari bilan turli me’moriy loyihalar, ilmiy-badiiy
asarlar yaratishda hamkorlik qilmoqda. Masalan, O‘zR Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik
instituti va O‘zbekiston Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi
me’moriy yodgorlikliklarga doir ma’lumotlar to‘plamini yozishda, O‘zbekistonda yashab,
ijod qilgan arxitektorlarning biografik qomusini yaratishda ishtirok etdi. Bu ilmiy
tadqiqotlar va ijodiy loyihalarni amalga oshirishda ustoz arxitektorlar O.M. Salimov, Sh.Z. Nurmuhamedova, T.Sh. Mamatmusaev,
X.Sh. Po‘latov, A.A. Ziyaev, Sh.S. Reyimbaev,
I.K. Shoisoev va boshqalar faol ishtirok etdilar.
Bulardan tashqari, kafedra professor-o‘qituvchilari arxitektura nazariyasi va tarixiga bag‘ishlangan ilmiy va amaliy anjumanlarni o‘tkazishda ham tashabbus ko‘rsatmoqdalar. Jumladan, “Arxitektura: meros va zamonaviylik” halqaro ilmiy-amaliy anjumani, “O‘zbekiston arxitektura nazariyasi, tarixi, yodgorliklarini ta’mirlash va qayta qurish muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazishda ham tashabbus ko‘rsatmoqdalar.