Rektor maslahatchisi
Asqarov Baxtiyor Asqarovich
Texnika fanlar doktori, professor
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari
va farmoyishlari, Oliy Majlis hamda Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim,
ilm-fan, innovatsiya va boshqaruv sohasidagi qarorlarining oliy ta’lim
muassasasida ijrosini tahlil qilish va rektorga takliflar kiritish;
- oliy ta’lim muassasasini strategik rivojlantirish
konsepsiyasi va istiqbolli rejalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
- rektor topshiriqlarining
bajarilishini monitoring qilish va ijro intizomini nazorat qilish;
- oliy ta’lim muassasasining ichki
me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda ularni
takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
- ilg‘or xorijiy tajribani
o‘rganish va uni oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga joriy etish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqish;
- ta’lim sifati, ilmiy faoliyat
samaradorligi va boshqaruv tizimini takomillashtirish yuzasidan tahliliy
xulosalar tayyorlash;
- rektor nomidan o‘tkaziladigan
uchrashuvlar, muzokaralar va rasmiy tadbirlar uchun ma’ruza, axborot va
tahliliy materiallar tayyorlash;
- investitsiya loyihalari, grantlar
va xalqaro hamkorlik dasturlari bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqishda
ishtirok etish;
- universitetning imijini oshirish,
reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash va xalqaro akkreditatsiya jarayonlari
bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- oliy ta’lim muassasasining
tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini o‘rganish, muammoli masalalarni aniqlash va
ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish;
- rektorning alohida topshiriqlari
va maxsus loyihalarini amalga oshirish;
- o‘z vakolati doirasida davlat
boshqaruv organlari, mahalliy hokimiyatlar, hamkor tashkilotlar va boshqa
manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilish;
- o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha
hisobotlar tayyorlash va rektorga muntazam ravishda axborot berib borish;
- OTM Ustavi, Ichki mehnat tartibi
qoidalari, Kengash qarorlari hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar
talablariga rioya etish.
Quyidagi faoliyatlar bo‘yicha
umumiy maslahat va tahliliy ko‘makni amalga oshiradi:
- oliy ta’lim muassasasining
strategik rivojlanish jarayonlari;
- boshqaruv samaradorligini oshirish;
- xalqaro hamkorlik va investitsiya
loyihalari;
- ta’lim sifati va reyting
ko‘rsatkichlarini yaxshilash;
- innovatsion va raqamli
transformatsiya jarayonlari.
Quyidagi ishlarni muvofiqlashtiradi:
- rektor topshiriqlari ijrosini;
- strategik loyihalar va maxsus
dasturlarni;
- tarkibiy bo‘linmalar faoliyati bo‘yicha tahliliy axborotlarni;
- tashqi hamkorlar bilan aloqalarni.
Askarov Baxtiyer Asqarovich 1942-yil Toshkent shahrida ziyolilar
oilasida tavallud topgan.
Ma’lumoti – oliy, Texnika fanlar doktori, professor
Mehnat faoliyati:
- 1959-1962 yy. - Oddiy ishchi, suvoqchi, g‘isht
teruvchi, 153 trest, SU-3
- 1959-1964 yy. - Toshkent politexnika instituti
talabasi
- 1965-1965 yy. - Toshkent politexnika instituti
tatqiqotchi-stajer
- 1965-1966 yy. - Harbiy xizmatda
- 1966-1969 yy. - Toshkent politexnika instituti
kunduzgi bo‘lim aspiranti
- 1969-2005 yy. - Toshkent politexnika instituti -
Toshkent arxitektura-qurilish instituti yig‘ma temir beton ishlab chiqarish
kafedrasi muhandis, assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti, professori,
kafedrasi mudiri
- 1974-1976 yy. - Toshkent politexnika instituti
kechki-sirtqi qurilish fakulteti dekani
- 1980-1988 yy. - Toshkent politexnika instituti sanoat
va fuqaro qurilishi fakulteti dekani
- 1988-1991 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish
instituti muhandis qurilish fakulteti dekani
- 1991-2005 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish
instituti rektori
- 2005-2012 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish
instituti qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi
kafedra mudiri, professor.
- 2006-2012 yy. -
“O‘zdunrobita” xorijiy korxona. Qurilish va kuchmas mulk buyicha
departament direktori
- 2016 -2023 yy - Toshkent arxitektura-qurilish
instituti qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi
kafedrasi professori
- 2023- h.v.- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qurilish materiallari texnologiyasi kafedrasi professori
- 2024 - h.v.-
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektor maslaxatisi.