Iqtisodiyot va ko’chmas mulk kafedrasi
Axmedova Nilufar Shuxratovna
KAFEDRA TARIXI
“Iqtisodiyot va ko’chmas mulk” kafedrasiga dastlab O’rta osiyo paxtachilik institutida 1929-yilda asos solingan va u “Qurilish iqtisodiyoti” kafedrasi deb nomlangan. Ushbu kafedra 1991-yilga qadar Toshkent politexnika instituti tarkibida faoliyat ko’rsatib kelgan.
1991-yili Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil etilgach ushbu kafedra “Iqtisodiyot va menejment” deb nomlandi. Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektorining 2002-yil 12-iyuldagi 144-sonli buyrug’i bilan “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi bazasida mutaxassis chiqaruvchi ikkita yangi “Qurilishda iqtisodiyot” va “Menejment” kafedralari tashkil etildi. 2010-yil oktabrdan Toshkent arxitektura-qurilish instituti kengashi Qaroriga asosan kafedra “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasi deb nomlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori va Universitet Kuzatuv kengashi qaroriga asosan “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasi “Iqtisodiyot va ko’chmas mulk” kafedrasi etib o‘zgartirildi.
1983-2004 yillar mobaynida iqtisod fanlari doktori, professor M.Q.Ziyayev kafedraga rahbarlik qildi. 2004-2005 yillarda professor B.A.Leshenko, 2005-2007 va 2008-2016 yillarda iqtisod fanlar nomzodi, dotsent V.U. Yodgorov, 2007-2008 yillarda iqtisod fanlar nomzodi E.A. Maxmudov, 2016-2022 yillarda iqtisod fanlar nomzodi, dotsent A.S.Turdiyev, 2022-2024 yillarda iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent D.Sh.Mirdjalilova rahbarlik qilgan.
2024-yil dekabr oyidan hozirgi kunga qadar iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), professor v.b. N.Sh.Axmedova “Iqtisodiyot va ko’chmas mulk” kafedrasida rahbarlik qilmoqda.
KAFEDRA FAOLIYATI
“Iqtisodiyot va ko‘chmas mulk” kafedrasida
bugungi kunda 3 nafar fan doktori va professor, 23 nafar fan nomzodlari va
dotsentlar, 11 nafar katta o’qituvchilar hamda 5 nafar assistentlar faoliyat
ko’rsatib kelmoqdalar. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 58 foizni
tashkil etadi. Ushbu professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kungacha
Iqtisodiyot (qurilish), “Qiymat injiniringi va ko’chmas mulk ekspertizasi”
sohalariga oid bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar,
monografiyalar va ilmiy maqolalar nashr etilgan.
Hozirgi kunda
kafedrada 60410100-“Iqtisodiyot” hamda 60730700-“Qiymat injiniringi va ko’chmas
mulkni boshqarish” ta`lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavr,
70410100-“Iqtisodiyot” hamda 70730700-“Qiymat injiniringi va ko’chmas mulkni
boshqarish” mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari universitetda o’qitilayotgan talabalarga 54 dan
ortiq fanlardan ta`lim berib kelmoqdalar. Kafedrada o’quv jarayoni zamonaviy
darslik va o’quv adabiyotlari bilan ta`minlangan. So’nggi uch yilda fanlardan
20 dan ortiq darslik, 30 dan ortiq o’quv qo’llanmalar 16 ta monografiyalar
nashr etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o’qitiladigan barcha fanlardan o’quv
uslubiy majmualar yaratilib, o’quv jarayoniga joriy qilindi va elektron
adabiyot shaklida talabalarga yetkazildi.
Kafedra olimlari
O’zbekistonda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qurilishda bahoni
shakllantirish, ko’chmas mulkni baholashning uslubiy asoslarini
takomillashtirish hamda qurilish qiymatining tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni
takomillashtirish mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Kafedrada ishlab
chqarish bilan innovatsion korparativ hamkorlikni rivojlantirish maqsadida har
yili 20 dan ortiq qurilish tashkilotlari bilan xo’jalik shartnomalari asosida
ilmiy hajmdor ishlar bajarib kelinmoqda.
Kafedrada qoshida
“Qurilishda smeta ishi” va “Zamonaviy buxgalteriya hisobi” o‘quv kurslari
tashkil etilgan bo’lib, universitet talabalari o’quv kurslarda faol ishtirok
etishmoqda.
Talabalarni
amaliyotga yo’naltirish maqsadida “SMETA LOYIHA”, “SHARQ BAHO”, “OPTIMAL
ARCHITECT GROUP” va “TURON PROJECT-GROUP” MCHJlar bilan hamkorlikda dual ta’lim
yo‘lga qo‘yildi.
Kafedraning iqtidorli talabalari Iqtisodiyot nazariyasi, Buxgalteriya, Makroiqtisodiyot va Mikroiqtisodiyot fanlaridan muntazam ravishda o’tkaziladigan Respublika fan olimpiadalarida muvoffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Shu bilan birga bir qancha Prezident va nomdor stipendiyalarilariga sazovor bo’lishmoqda.
Ziyayev Muzafar Kutlukovich
professor i.f.d.
professor
m.ziyayev@taqu.uz
Djabriyev Akbarali Normurodovich
professor i.f.d.
professor
a.djabriyev@taqu.uz
Tashmuxamedova Karima Samatovna
professor v.b. PhD
dotsent
k.tashmuxamedova@taqu.uz
Muxibova Guli Yarkinovna
dotsent
dotsent
g.muxibova@taqu.uz
Yusupdjanova Nargiza Utkirovna
dotsent
dotsent
n.yusupdjanova@taqu.uz
Fayziyeva Gulnoza Abdurumanovna
dotsent
dotsent
g.fayziyeva@taqu.uz
Salimov Baxodir Baxtiyarovich
dotsent PhD
dotsent
b.salimov@taqu.uz
Elbayeva Muqaddas Rashidovna
dotsent PhD
dotsent
m.muqaddas@taqu.uz
Boltayev Umid Talant o‘g‘li
dotsent v.b. PhD
dotsent v.b.
u.boltayev@taqu.uz
Urunbayev Saparbek Samadovich
dotsent
dotsent
s.urunbayev@taqu.uz
Muxammadaliyev Mirzohidjon Muxammadali o'g'li
katta o‘qituvchi
m.muxammadaliyev@taqu.uz
Asadova Maftuna Sa'dullayevna
katta o‘qituvchi
m.asadova@taqu.uz
Amirov Zubaydulla Toir o‘g‘li
katta o‘qituvchi
z.amirov@taqu.uz
Ablayeva Valentina Borisovna
katta o‘qituvchi
v.ablayeva@taqu.uz
Qo’ziyeva Nilufar Norxidirovna
katta o‘qituvchi
n.qoziyeva@taqu.uz
Sharifxodjayeva Odina Ulug‘bek qizi
katta o‘qituvchi
o.sharifxodjayeva@taqu.uz
Risqulova Madina Nodirbek qizi
assistent
m.risqulova@taqu.uz
Musayeva Aynura Abayxoliyevna
assistent
a.musayeva@taqu.uz