Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi

Baymatov Shaxriddin Xushvaqtovich

Baymatov Shaxriddin Xushvaqtovich

PhD,dotsent
Kafedra mudiri
sh.baymatov@taqu.uz
+998 95 142 35 85
10:00 & 18:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

Kafedra tarixi:


    “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi 1929-yilda tashkil etilgan. Kafedra 1929-1940 yillarada “Qurilish san’ati”, 1947-1992 yillarda “Sanoat va fuqoro binolari arxitekturasi” deb yuritiligan. 1992-2020 yillardan boshlab esa "Bino va inshootlar” 2020 yildan boshlab esa "Bino va inshootlarni loyihalash” kafedrasi deb nomlandi.2023 -2024 yillar “Qurilish muhandisligi texnologiyasi” kafedrasi, 2024-yildan “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi deb nomlandi.

    Kafedra tashkil etilgandan boshlab t.f.n. dotsent, L.E.Folkman, t.f.n. dotsent  G.G. Martirosyans, arx.f.n. dotsent K.I.Abdurasulov, t.f.n. professor K.K.Kazakbaev, t.f.n. dos. F.N.Narzullaev, arx f.n.dos. I.S. Suxanov keyinchalik 1979 yildan t.f.d prof. X.N.Nuretdinov, dos. R.A.Kuchkarov, dos. R.X.Pirmatov, dos. S.Sayfid-dinov,  2016- yildan dos. U.T.Yusupov, 2017-2020-yillarda dos. S.M.Maxmudov, kafedra mudiri lavozimlarida ishlashgan, 2020-yildan PhD dos. Sh.X.Baymatov “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra faoliyati:


    Kafedraning asosiy vazifalari va funksiyalari – 60730300 – Qurilish muhandisligi (bino va inshootlar qurilishi) ta’lim yo‘nalishi, 70730301 – Qurilish muhandisligi mutaxassisligi hamda 05.09.01-“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” va 05.09.08 – “Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil etish” ixtisosliklari bo‘yicha bakalavr, magistr va doktorantlarni tayyorlashdan iboratdir. Shuningdek, Kafedra Jahonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari-Moskva Davlat qurilish universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti hamda Belorussiya Milliy texnika universitetlari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv va ilmiy tadqiqod ishlarini olib bormoqda.

    Hozirgi vaqtda kafedraning bosh ilmiy mavzusi “Zamonaviy bino va inshootlarni loyihalash, qurish, energiya samaradorligini oshirish hamda seysmik ustuvorligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari” asosida 1 ta DSc doktorant va 20 ta PhD tayanch doktorantlar ilmiy ishlar olib bormoqdalar. 

    “Bino va inshootlar qurilishi” kafedra “Zamin va poydevorlar” MCHJ bilan xo’jalik shartnomasi tuzilgan va “Yangi zamon bino” MCHJ, “ToshuyjoyLITI” AJ, “Toshkentboshplanliti” DUK, “O’zog’irsanoatloyiha” AJ, “12- TREST”, “Tashgipragor” AJ loyiha institutlari bilan korparativ hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan.

Hozircha bo'lim tarkibi ma'lumotlari yo'q