"Behbudiy asarlarini o'qib, mulohaza qilamiz"
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yoshlar
ittifoqi koordinatorlari tomonidan "Behbudiy asarlarini o'qib, mulohaza
qilamiz" mavzusida kitobxonlik kechasi o'tkazildi.
Buyuk ma'rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri - Mahmudxo'ja Behbudiyning faoliyati, asarlari va boy adabiy merosi haqida suhbat bo'lib o'tdi.
Kitobxonlik kechasida talabalar o'zlarining Alloma ijodi haqidagi fikrlarini bildirib o'tishdi.