Biz bir oilamiz
9-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti talaba-yoshlaning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish
maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan
Adiblar xiyobonida Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat haykali oldida “Milliy
qadriyatlar sayli” tanlovi, “Zakovat”, “Besh muhim tashabbus” festivali,
“Bilimlar estafetasi” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar masalalari va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i N.Kurbanova boshchiligida
fakultet dekanlari, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar hamda universitet
talabalari faol ishtirok etdilar. Unda universitet talabalari oʻrtasida Zakovat
intellektual o‘yinlari, sog‘lom turmush tarzining faol targ‘ib qilishlari uchun
muntazam sport bilan shug‘ullanishlari, ularning sog‘lom hayot kechirishlari
maqsadida estafetalar, talaba-yoshlar o‘rtasida milliylikni targʻib
qilish, o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy
kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilishda milliy
kiyimlar va urf-odatlarini namoyishi hamda talabalarning bilimlari va
malakalarini sinash maqsadida ular o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.