"Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz"
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Biz
sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda
Oʻzbekiston Respublikasi OITSga qarshi kurash
markazining vrach epidemiolog S.Abidova, fakultet dekan muovinlari, universitet
professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Bundan maqsad universitet talaba-yoshlar
oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, OIV/ OITS kasalligining
yuqish yoʻllari, patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va
profilaktikasini oldini olishga qaratilgan. Shuningdek universitet hovlisida
bepul tibbiy ko'rik tashkillashtirildi.