Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Talabalarning startap loyihalarini amalga oshirishda oliy ta’lim muassasalarining salohiyatini oshirish” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Tadbirda respublikaning 15 dan ortiq yetakchi OTMlaridan 20 dan ziyod biznes-inkubator va ilmiy-tadqiqot bo‘limlari vakillari ishtirok etdi. Seminar davomida Oliy maktabning Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi rahbari G‘.Usmonov universitet biznes inkubatorlari va fakultetlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga to‘xtaldi. Qayd etilishicha, universitet biznes inkubatorlari talabalarni innovatsion fikrlash, tadbirkorlik ko‘nikmalari va startaplar yaratishga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Fakultetlar esa bu jarayonda ilmiy va texnologik salohiyatni startap tashabbuslariga yo‘naltiruvchi asosiy bo‘g‘inga aylanishi lozim. Seminar yakunida ishtirokchilar hamkorlikdagi mavjud muammolarni muhokama qildilar va OTMlar innovatsion imkoniyatlarini oshirishga doir takliflar bilan chiqishdi.