Davlat stipendiyalariga hujjat topshirish tartibi va talablari
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
talabgorlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat
stipendiyalariga hujjat topshirishi to‘g‘risida
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bakalavriat
ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari hamda tayanch
doktorantlari quyidagi yo‘nalish va muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirishlari mumkin:
Bakalavriat bosqichi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat
stipendiyasi;
Izoh. Butun o‘qishi davomida faqat a’lo baholarga o‘qiyotgan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi bo‘lgan oxirgi kurs talabalarga tayinlanadi va to‘lanadi.
Beruniy – texnika yo‘nalishlarida;
Navoiy – gumanitar yo‘nalishlarda;
Islom Karimov – barcha yo‘nalishlarda;
Izoh. 2-4 bandlar. Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo”
(ko‘pi bilan 25 foizi “yaxshi”) bo‘lgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan
bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalarga
tayinlanadi va to‘lanadi.
Muddat. Hujjatlar Universitet kengashiga har yil 1 – 15 iyul kunlari, Oliy
ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “stipendiya.edu.uz” elektron tizimiga har yili 1 – 15 avgust
kunlari kiritiladi.
Asos. Bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi
to‘g‘risida Nizom. https://lex.uz/acts/1399382
Kamoliddin Behzod – dizayn yo‘nalishlarida;
Izoh. Dizayn yo‘nalishlarining oxirgi ikki kursida ta’lim olayotgan
bakalavriat bosqichi talabalarga tayinlanadi.
Muddat. Hujjatlar Universitet kengashiga har yil 1 iyunga qadar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 25 iyunga qadar taqdim etiladi.
Asos. Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi
to‘g‘risida Nizom. https://lex.uz/docs/5084246
Magistratura bosqichi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat
stipendiyasi;
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim
muassasalari talabalarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan
o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
Muddat. Hujjatlar Universitet kengashiga har yil 1 – 15 iyul kunlari, Oliy
ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 1 – 15 avgust kunlari taqdim etiladi,
ko‘rib chiqish muddati 10 – 25 sentabr.
Asos. Magistratura bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida
Nizom. https://lex.uz/acts/1399382
Tayanch doktorantura bosqichi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat
stipendiyasi;
Izoh. Universitetning so‘nggi o‘quv yilida tayanch doktoranturada tahsil
olayotgan doktorantlariga – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tanlab
olish natijalariga ko‘ra tayinlanadi.
Muddat. Hujjatlar Universitet kengashiga har yil 1 – 15 sentabr kunlari,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 1 – 31 oktabr kunlari taqdim
etiladi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha
maxsus test sinovlari 1 – 30 noyabrda o‘tkaziladi.
Asos. Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni
tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizom. https://lex.uz/acts/1399382
Eslatma. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 2024 yil 29
fevraldagi 10.1/10-1-24-34-son taqdimnomasida ko‘rsatilgan kamchiliklarni
bartaraf qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat
stipendiyalari tanlovlarini yuqori saviyada va adolatli o‘tkazilishini
ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 4-bandiga asoslan davlat
stipendiyalari tanlovlariga nomzodlarni saralashda talabalarning ijodiy
qobiliyatlarini, ularni mustaqil fikrlash imkoniyatlariga, jumladan talabgorlarnig
yakka-mualliflikdagi ilmiy tadqiqot ishlariga ustuvorlik beriladi.