“Dolzarb 90 kun”
Prezident tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini
mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi
taʼtil davrida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti
talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berish, ularni hayotga ongli va
ijobiy yondashishga undash, shuningdek, milliy qadriyatlarimiz, odob-axloq
me’yorlari haqida chuqurroq tushuncha berish maqsadida "Novda" badiiy
filmi namoyish etildi. “Novda” talabalarda sabr, vijdon, oilaparvarlik, mehr-oqibat kabi tushunchalarni mustahkamlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, u jamiyatdagi ijtimoiy masalalarni
ochiq ko‘rsatgani sababli muammolarga befarq bo‘lmaslik, faol fuqarolik
pozitsiyasini egallash zarurligini ham ta’kidlab o‘tdi.