E'lon

E'lon

2025-2026-yillarga mo‘ljallangan YUNESKO/Polsha Hukumatining muhandislik va arxeologiya sohasidagi stipendiyalar tanlovi haqida

Hurmatli izlanuvchilar!

YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-apreldagi 02/12-4/1-3677-sonli xatiga muvofiq, YUNESKO/Polsha Hukumatining 2025-2026-yillar uchun stipendiyalar tanlovi e’lon qilingan.

Stipendiya maqsadi: Rivojlanayotgan mamlakatlarda muhandislik va arxeologiya sohalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash.

Tanlov sohalari va loyihalar soni:

Kompyuter texnologiyalari (3 ta loyiha)

Biotibbiyot muhandisligi (2 ta loyiha)

Tuproqshunoslik va atrof-muhit (9 ta loyiha)

Atrof-muhit muhandisligi, konchilik va energiya (5 ta loyiha)

Material ishlab chiqarish muhandisligi (1 ta loyiha)

Mexanika muhandisligi (9 ta loyiha)

Arxitektura bilan bog‘liq arxeologiya va konservatsiya (7 ta loyiha)

Sotsiologiya fanlari (1 ta loyiha).

Talablar:

Ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan;

Polsha Respublikasida 6 oy davomida malaka oshirishga tayyorligi;

Arizalar ingliz yoki polyak tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan talabgorlar Oliy ilm-fan maktabi bolimga murojaat etishlari mumkin.

Tel:55 5080275