E'lon

E'lon

Ozarbayjon Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari rahbariyatidan iborat delegatsiyaning joriy yil 27-31-may kunlari respublikamizga tashrifi amalga oshirilmoqda.

Ushbu tashrif doirasida Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Ozarbayjonda ta’lim” nomli ko‘rgazma o‘tkazilmoqda.

Tadbir 30-31-may kunlari (soat 11.00 dan 17.00 ga qadar) “City Palace Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.