Eng yaxshi videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
Talaba-yoshlar o‘rtasida milliylikni targ‘ib qilish,
ularni milliy merosimiz va qadimiy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish
hamda yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida o‘tkazilgan
“Vatanni madh etib” eng yaxshi videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
Yakuniy bosqichda oliy ta’lim tashkiloti bosqichida
g‘olib deb topilib, respublika bosqichiga tavsiya etilgan videoroliklar
Hakamlar hay’ati tomonidan Nizom talablari asosida baholandi va g‘oliblar
aniqlandi.
Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:
1-o‘rin: Erkinova Zuhra Shuhrat qizi
(https://youtu.be/sFBpHP4UHpM) – Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar
instituti talabasi
2-o‘rin: “Milliy bolalar jamoasi”
(https://youtu.be/LwsUTO3qN68) – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
talabalasi
3-o‘rin: Abdullayev Rahim Umar o‘g‘li (https://youtu.be/0ceV28gr7HI) – Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabasi
Tanlov g‘oliblari tomonidan tayyorlangan
videoroliklarni ko‘rish uchun yuqoridagi g‘oliblar ismi yozilgan ko‘k rangli
yozuv ustiga bosing. Tanlov g‘oliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar
vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom va 1-o‘rin 20 milion so‘m,
2-o‘rin 15 million so‘m, 3-o‘rin esa 10 million so‘m miqdorida pul mukofotlari
bilan taqdirlanadi.