Faxriylar kengashi faxriysi Magametova Gulshaira Islamovna bilan davra suhbati bo'lib o'tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida
shaharsozlik va arxitektura sohasida uzoq yillik tajribaga ega mutaxassis,
Faxriylar kengashi faxriysi, “O‘zshaharsozlik LITI” DUK bosh me’mori Magametova
Gulshaira Islamovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida G.
Magametova o‘zining kamida 50 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida amalga
oshirgan yirik qurilish loyihalari haqida so‘zlab berdi. U G‘alaba va Navro‘z
bog‘lari, Oloy bozori hamda bir necha yirik obyektlarning qurilishi va
rekonstruksiyasida loyiha bosh arxitektori sifatida ishtirok etgan hamda
mualliflik nazoratini amalga oshirgan. Tadbir davomida talabalar bilan qizg‘in
davra suhbati o‘tkazilib, ularning savollariga javob berildi. Uchrashuv yosh
mutaxassislar uchun ilhomlantiruvchi va manfaatli bo‘ldi.