Qurilishda axborot texnologiyalari kafedrasi

Fazilov Alisher Shomurodovich

Fazilov Alisher Shomurodovich

Professor. v.b., texnika fanlari nomzodi
Kafedra mudiri
a.fazilov@taqu.uz
14:00 & 16:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

Kafedra tarixi:


    Kafedra 1991-yil 7-sentyabr Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI) rektorining №3/478-sonli buyrug‘i bilan umumta’lim "Informatika va hisoblash texnikasi” kafedrasi sifatida tashkil etilgan.

    TAQI Kengashining 2018-yil 7-noyabrdagi 3-sonli yig‘ilishida ma’qullangan "Toshkent arxitektura-qurilish institutining tashkiliy tuzilmasi"ga binoan kafedra nomi "Axborot texnologiyalari" deb nomlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-416-son qaroriga binoan Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (TAQU) etib qayta tashkil etildi hamda universitetning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Ushbu tuzilma asosida “Axborot texnologiyalari” kafedrasi “Raqamli texnologiyalar” kafedrasi etib qayta nomlandi. 2024 yil 4 sentyabrdan kafedra “Qurilishda axborot texnologiyalari” deb nomlandi.

    Kafedrani 1991-2002 yillarda texnika fanlari doktori, professor X.Z. Ikramova, 2002-2006 yillarda texnika fanlari doktori, professor A.M. Siddiqov, 2009-2017 yillarda iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent U.A. Shadmanova  rahbarlik qilgan.

 2017-yil dekabr oyidan hozirgi kunga qadar texnika fanlari nomzodi, professor v.b. A.Sh.Fazilov “Qurilishda axborot texnologiyalari” kafedrasida rahbarlik qilmoqda

Kafedra faoliyati:


    “Qurilishda axborot texnologiyalari” kafedrasida bugungi kunda 1 nafar fan nomzodi 4 nafar dotsentlar, 2 nafar dotsent v.b., 1 nafar katta o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 57 foizni tashkil etadi. Ushbu professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kungacha “axborot texnologiyalari” sohalariga oid bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar nashr etilgan.

    Kafedrada barcha bakalavriat yo‘nalishlari uchun “Qurilishda axborot texnologiyalari”, “Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”, “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”, “Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va uch o‘lchamli modellashtirish” fanlardan ta`lim berib kelmoqdalar. 2024-yildan kafedrada 60610300 – Kompyuter injiniring  hamda 60610500- Sun’iy intellekt yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.     Kafedra professor-o‘qituvchilari universitetda o’qitilayotgan talabalarga 30 dan ortiq fanlardan ta`lim berib kelmoqdalar. Kafedrada o’quv jarayoni zamonaviy darslik va o’quv adabiyotlari bilan ta`minlangan. So’nggi uch yilda fanlardan 3 darslik, 10 dan ortiq o’quv qo’llanmalar 1 ta monografiya nashr etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o’qitiladigan barcha fanlardan o’quv uslubiy majmualar yaratilib, o’quv jarayoniga joriy qilindi va elektron adabiyot shaklida talabalarga yetkazildi.

    Kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda o‘z pedagogik mahoratlarini oshirib boradilar, xususan tarmoq malaka oshirish markazlari va yetakchi ilmiy markazlarining tegishli ta’lim yo‘nalishlari hamda  ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dasturlar va malaka oshirish kurslarida ishtirok etish orqali o‘z malakalarini oshiradilar.

    Kafedra olimlari O’zbekistonda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qurilishda bahoni shakllantirish, ko’chmas mulkni baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirish hamda qurilish qiymatining tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

    Kafedra olimlari davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan F2-FA-F027 raqamli “Tranzit tutilishlarning vaqt boʻyicha oʻzgarishini kuzatish yangi ekzosayyoralarni ochish usuli” granti mavzusida ilmiy izlanish ishlarini olib borilgan. Mazkur muammo bo’yicha ilmiy jurnallarda 5 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi va 3 dasturiy ta’minot uchun guvohnomalar olindi.     

    Kafedrada qoshida “Dasturlash”, “3D Modellashtirish” va “Sun’iy intellect asoslari” o‘quv kurslari tashkil etilgan bo’lib, universitet talabalari o’quv kurslarda faol ishtirok etishmoqda.

    Talabalarni amaliyotga yo’naltirish maqsadida “Uzinfocom”, "UNICON.UZ" MCHJlar bilan hamkorlikda dual ta’lim yo‘lga qo‘yildi.

    Kafedraning iqtidorli talabalari Sun’iy intellect, Kiberxavsizlik, Dasturlash fanlaridan muntazam ravishda o’tkaziladigan Respublika fan olimpiadalarida muvoffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. 

Hozircha bo'lim tarkibi ma'lumotlari yo'q