Hurmatli va mo‘tabar ayollar!
Bahor faslining ilk kunlari bilan kirib kelgan ezgu
bayram – 8-mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sizlarni samimiy
muborakbod etaman! Siz, azizlar, nafosat va ezgulik timsoli, mehr-oqibat va
sabr-qanoat manbaisiz. Jamiyatimiz ravnaqi, ayniqsa, ta’lim va ilm-fan
sohalaridagi yuksalishlar sizning fidokorona mehnatingiz va donoligingiz bilan
chambarchas bog‘liq. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasida ham
sizning sa’y-harakatlaringiz tufayli katta yutuqlarga erishilmoqda, yosh
avlodga yuksak saviyada bilim va tarbiya berilmoqda. Sizga mustahkam sog‘lik,
cheksiz baxt, oilaviy farovonlik va faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman!
Hayotingiz bahoriy iliqlik, quvonch va ezgulik bilan to‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b. B. A. Tulaganov.