“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida bakalvriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

Tadqiqot ishi ijtimoiy himoya doirasida bo‘lishi va quyidagi mavzularni qamrab olish zarur!

Ijtimoiy himoya siyosati

Kambag‘allikni baholash va qisqartirish

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiylashuvi

Faol va sog‘lom keksayish

Parvarishlash iqtisodiyoti

Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasi

Migrantlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish

Ijtimoiy himoyada xulq-atvor iqtisodiyoti

Adolatli o‘tish davrida aholining muhtoj qatlamlarini himoya qilish

Rasmiy va norasmiy sektor ishchilarini ijtimoiy himoya qilish

Ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish.

Mukofotlar

1-o‘rin: Noutbuk

2-o‘rin: Plaud

3-o‘rin: Planshet

Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar Ijtimoiy himoya institutining Telegram kanalida https://t.me/ihri_uzb e’lon qilib boriladi.