Moliya-iqtisod ishlari prorektori
Ilhom G‘iyosov Karimovich
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
- O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy Majlis va Vazirlar
Mahkamasining moliya, byudjet siyosati, davlat xaridlari, buxgalteriya hisobi
va moliyaviy nazorat sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- mutasaddi
yuqori tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy masalalarga oid buyruq, farmoyish
va ko‘rsatmalarini, shuningdek oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarorlari hamda
rektor buyruqlarining moliyaviy qismi ijrosini ta’minlash;
- universitetda
moliya-iqtisod sohasiga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonlarida
ishtirok etadi va ushbu yo‘nalishdagi ishlar muvofiqlashtirilishiga
ko‘maklashadi;
- moliyaviy-iqtisodiy
faoliyatga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni amaliyotga joriy etish yuzasidan
taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- muassasaning
moliyaviy rejalashtirish jarayonlarini tashkil etishda ishtirok etadi hamda
smeta ko‘rsatkichlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
- budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanish
jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
- ish haqi fondi, rag‘batlantirish to‘lovlari va
iqtisodiy hisob-kitoblar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash ishlarini
muvofiqlashtiradi;
- davlat xaridlari va shartnoma munosabatlarining
moliyaviy jihatlarini ko‘rib chiqish jarayonlarida ishtirok etadi;
- investitsiya va kapital qo‘yilmalar bilan bog‘liq
iqtisodiy hisob-kitoblarni ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish ishlarida
ishtirok etadi;
- moddiy-texnika ta’minoti va resurslardan samarali
foydalanish bo‘yicha iqtisodiy tahlil ishlariga ko‘maklashadi;
- moliyaviy hisobotlar tayyorlanishi jarayonini
muvofiqlashtiradi va tegishli organlarga taqdim etishda ishtirok etadi;
- moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va daromad
manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- moliya-iqtisod sohasida axborot-tahliliy materiallar
tayyorlash va strategik rivojlanish rejalariga takliflar kiritish ishlarida
ishtirok etadi;
- tegishli
davlat organlari, moliyaviy institutlar va hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro
aloqalarni yo‘lga qo‘yishda ishtirok etadi.
Quyidagi
faoliyatlar bo‘yicha umumiy boshqaruv jarayonlarida ishtirok etadi:
- oliy ta’lim muassasasining moliya-iqtisod faoliyati
yo‘nalishlari;
- buxgalteriya, reja-moliya va iqtisodiy tahlil bilan
bog‘liq tarkibiy bo‘linmalar faoliyati;
- davlat xaridlari va shartnomalar bilan ishlash
jarayonlari;
- budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bilan bog‘liq
iqtisodiy rejalashtirish ishlari;
- moddiy-texnika ta’minoti va resurslardan samarali
foydalanish bilan bog‘liq ishlar;
- moliyaviy hisobot va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash
jarayonlari.
Quyidagi ishlar bo‘yicha
muvofiqlashtirish jarayonlarida ishtirok etadi:
- fakultet va tarkibiy bo‘linmalarning moliyaviy
rejalashtirish ishlari;
- budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar ijrosi
yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash jarayonlari;
- to‘lov-kontrakt mablag‘larini hisoblash va
taqsimlashga oid iqtisodiy hisob-kitob ishlari;
- ish haqi fondini shakllantirish bilan bog‘liq
iqtisodiy tahlil ishlari;
- davlat xaridlari va shartnomalarning moliyaviy
jihatlarini ko‘rib chiqish jarayonlari;
- moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilish va
moliyaviy monitoring tadbirlari;
- tashqi audit va nazorat organlari bilan axborot
almashish jarayonlari.
G‘iyosov
Ilhom Karimovich 1980-yil Jizzax viloyati, Jizzax tumanida ishchi oilasida
tavallud topgan.
Ma’lumoti – oliy, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent,
professor v.b.
Mehnat faoliyati:
- 1998-2002 yy. – Toshkent arxitektura qurilish instituti talabasi;
- 2002-2004 yy. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti;
- 2004-2005 yy. – Toshkent arxitektura qurilish instituti menejment va
tadbirkorlik kafedrasi shogird-tadqiqotchisi;
- 2005-2007 yy. – Toshkent arxitektura qurilish instituti menejment
kafedrasi assistenti;
- 2007-2008 yy. – Toshkent arxitektura qurilish instituti menejment
kafedrasi katta o‘qituvchisi;
- 2008-2009 yy. – Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni
boshqarish fakulteti dekan muovini;
- 2009-2011 yy. – Toshkent arxitektura qurilish instituti menejment
kafedrasi katta o‘qituvchisi;
- 2011-2012 yy. – Toshkent arxitektura qurilish instituti reja va moliya
bo‘limi boshlig‘i;
- 2012-2012 yy. – Toshkent arxitektura qurilish instituti moliya va
iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi;
- 2012-2015 yy. – Toshkent arxitektura qurilish instituti reja va moliya
bo‘limi boshlig‘i;
- 2015-2017 yy. – Jizzax davlat pedagogika instituti moliyaviy-iqtisodiy
ishlar bo‘yicha prorektori;
- 2017-2018 yy. – O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ichki
audit bo‘limi boshlig‘i;
- 2018-2020 yy. – Namangan davlat universiteti moliya-iqtisod ishlari
bo‘yicha prorektor;
- 2020-2023 yy. – Toshkent arxitektura qurilish institutining “Muhandislik
qurilish infrastrukturasi” fakulteti dekani.
- 2023-2024 yy. – Toshkent arxitektura qurilish universiteti huzuridagi
“Kasbiiy faoliyatni rivojlantirish markazi” direktori.
- 2024 y – h.v. - Toshkent arxitektura qurilish universitetining
moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori v.b.