“Islom dini manbalari, aqidaviy maktablari va ularning xozirgi davrdagi ahamiyati”mavzusidagi ochiq darsi
2025-yil
17-mart kuni Arxitekura fakulteti 12-24
A guruhida 2-bino 227- xonada “Dinshunoslik” fanidan “Islom dini manbalari,
aqidaviy maktablari va ularning xozirgi davrdagi ahamiyati” mavzusida ochiq
dars bo‘lib o‘tdi. Ochiq darsda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri,
dotsent N.A.Aripova, v.b.dotsent N.S.Alimova, dotsent L.A.Xolmamatova, katta
o’qituvchilar Ch.A.Azimova, R.Sh.Turdibekova, asistentlar SH.Q.Jo’rayev, A.SH.Qurbonnazarov, F.SH.Sallayev,
O.G.G’ulomov, G.SH. Yo’ldosheva, O.N. Fatoyevalar tashrif buyurdilar. Ochiq dars seminar
tarzida tashkil etilgan bo’lib, guruh
5ga bo’linib, dastlab o’qituvchi tomonidan islom dinining shalkllanish tarixi,
mazmun-mohiyati, qadriyatlari va islom dinining yurtimizga kirib kelishi davri
va tarixi to’grisida ma’lumotlar berildi. Ochiq dars jarayonida talabalar tomonidan dastlab, hadisshunos olimlar to’grisida
ma’lumotlar berildi, o’zaro fikr almashildi. Ochiq dars jarayonining ikkinchi
qismida guruhlarga berilgan tarqatma materiallar savolariga javob berildi,
mavzuni yaxshi o‘zlashtirilishi uchun
to‘liq harakat qilindi. Shuningdek, kafedra o’qituvchilaridan SH.Q.Jo’rayev,
O.G.G’ulomovlar mavzu yuzasidan o’z bilim va fikr-mulohazalarini bildirib
o’tishdi. Dars jarayonida talabalarning barchasi faol ishtirok etishdi va
o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Ochiq
dars qiziqarli va mazmunli otildi.