Menejment kafedrasi
Ismailov Akmal Maxsudovich
Kafedra 2002-yil 12-iyuldagi Toshkent
arxitektura-qurilish instituti (TAQI) rektorining 144-sonli buyrug‘i bilan
"Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi bazasida mutaxassis chiqaruvchi
"Menejment” kafedrasi sifatida tashkil etilgan.
TAQI Kengashining 2018-yil 7-noyabrdagi 3-sonli
yig‘ilishida ma’qullangan.
"Toshkent arxitektura-qurilish institutining
tashkiliy tuzilmasi"ga binoan kafedra nomi "Qurilishda
menejment" deb nomlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-416-son qaroriga binoan
Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti (TAQU) etib qayta tashkil etildi hamda universitetning yangi
tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. Ushbu tuzilma asosida “Qurilishda menejment”
kafedrasi “Menejment” kafedrasi etib qayta nomlandi.
Kafedrani 2002-2009 yillarda t.f.n., dots. Gimush R.I., 2009-yil dekabr oyidan 2012-yil aprel oyiga qadar i.f.n., prof. Xairova D.R., 2012-yil 2-apreldan 2023 yil 23-mayga qadar i.f.d., prof. Davletov I.X., 2023-yil 25-maydan 27-avgustga qadar i.f.d., prof. Nurimbetov R.I., 2023-yil 29-avgustdan 2024-yil 2-dekabrga qadar PhD, dots. Berdiyeva D.A. lar boshqarib keldilar.
Ta’lim
yo’nalishlari va mutaxassisliklar:
- 60410800
– “Menejment” (bakalavriat) ;
- 60411200
– “Marketing” (bakalavriat) ;
- 60730200 –
“Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish” (bakalavriat)
- 70410901-“Biznesni
boshqarish (Master of Business Administration-MBA)” (magistratura)
- 70730201 - “Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish” (magistratura)
Kafedraning
asosiy vazifalari va funksiyalari:
- o‘quv shakllari
(ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda)
bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv
rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy,
ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
- professor-o’qituvchilarning
o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ustoz-shogird ishlarini tashkil etish;
- yuksak ma’naviy va
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar
tayyorlash;
- davlat ta’lim
standartlari, malaka talablari, o’quv rejalar va dasturlarini ishlab chiqish
hamda ularni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan
qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish asosida takomillashtirish va
belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etish;
- turdosh kafedralar
tomonidan tayyorlangan o’quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;
- o’quv
adabiyotlarini tayyorlash va o‘quv adabiyotlariga xulosalar berish;
- talabalarning
malakaviy amaliyoti, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik
dissertatsiyalariga, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- talabalar bilimini
xolis va obyektiv baholanishini ta’minlash hamda nazorat qilish;
- iqtidorli
talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, shu jumladan, ularni O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, davlat stipendiyalari va boshka xalqaro
va respublika miqyosida turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishga
tayyorlash;
- zamonaviy
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik
faoliyat bilan shug’ullanishni boshlagan yosh professor-o’qituvchilarga
pedagogik malaka va ko’nikmalarni egallashda amaliy yordam berish;
- o‘quv
mashgulotlarida zamonaviy texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va
mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish,
o‘qitishning zamonaviy usullari va vositalari bilan masofali o‘qitish
elementlarini rivojlantirish;
- Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti bitiruvchilari hamda kafedrada mustaqil
izlanuvchi, tayanch doktorant va doktorant bo’lganlar bilan muntazam aloqalarni
tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish jarayonida ishtirok
etish;
- Axborot-resurs
markazini kafedra yo’nalishlariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy
adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishi va yangilanishini doimiy
monitoring kilish;
- ta’lim
hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo’yicha ekspert
guruhlari tarkibida ishtirok etish;
- ilmiy-pedagog
kadrlarni tayyorlash, kafedra yo’nalishiga mos yoki turdosh ixtisosliklar
bo’yicha dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish;
- professor-o’qituvchilarning
tizimli ravishda respublika va xorijda malakasini oshirib borishini tashkil
etish;
- fundamental va
amaliy ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, ilm-fan va oliy ta’lim sohalarida yetakchi
xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlikni
kuchaytirish;
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
- Akademik
ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik
- Biznesga kirish
- Innovatsion
menejment
- Ishlab chiqarish
menejmenti
- Inson resurslarini
boshqarish
- Kommunal
infratuzilmani tashkil etish va boshqarish
- Loyiha boshqaruvi
- Mahsulot sifati
menejmenti
- Menejment
- Menejment va
marketing
- Ma’muriy menejment
- Moliya
- Moliyaviy
menejment
- Moliya va soliqlar
- Qurilishda
menejment
- Qurilishda
marketing
- Qurilishda
biznes-rejalashtirish
- Strategik
menejment
- Sifat menejmenti
- Tadbirkorlik
- Tadbirkorlik
asoslari
- Tashkiliy xulq
- Uy-joy fondini boshqarish
Magistratura:
- Biznesni raqamli boshqarish
- Biznesni-rejalashtirish
- Bojxona ishi
- Hududlar
iqtisodiyoti va hududlarning rivojlanish siyosati,
- Innovasiyalarni
boshqarish, texnologiyalarni tijoratlashtirish hamda transfer qilish
- Inson resurslarini
boshqarish
- Kichik biznes va
tadbirkorlik
- Kommunal
infratuzilmani tashkil etish va boshqarish
- Kommunal
infratuzilmani innovatsion va investitsion boshqarish
- Kommunal
infratuzilma ob’ektlari menejmenti
- Korporativ
boshqaruv
- Korxona
iqtisodiyoti
- Oliy ta’limni
boshqarish va marketing
- Uy-joy kommunal
xizmat ko'rsatish sohasida me'yoriy hujjatlar tizimi
- Uy-joy kommunal
infratuzilmani strategik boshqarish
- Xalqaro tadbirkorlik
Davletov Islombek Xalikovich
i.f.d., professor
Professor
i.xalikovich@taqu.uz
Raxmanbayeva Roza Abduraxmanovna
i.f.d., professor
Professor
r.raxmanbayeva@taqu.uz
Berdiyeva Dilfuza Axatovna
professor, PhD
Professor
d.berdiyeva@taqu.uz
Xaydarova Eʻzoza Shukurullaevna
dotsent. PhD
Dotsent
e.xaydarova@taqu.uz
Xalilova Aziza Rustamovna
dotsent
Dotsent
a.xalilova@taqu.uz
Mamatqulova Nodira Maxkamovna
dotsent
Dotsent
n.mamatkulova@taqu.uz
Zikrullaev Valixon Gʻaybullayevich
dotsent v.b.
Dotsent
valixon5550@taqu.uz
Atadjanova Feruza Sadriddinovna
Katta o‘qituvchi
f.atadjanova@taqu.uz
Boboyev Abror Abdusattor og’li
Katta o‘qituvchi
a.boboyev@taqu.uz
Normirzayev Oʻlmasjon Muzaffarjon oʻgʻli
Assistent
u.normirzayev@taqu.uz
Utbasarov Doniyorjon Baxtiyarovich
Assistent
d.utbasarov@taqu.uz