Jamiyat falsafasi’’ mavzusida ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi
2025-yil 19-mart kuni Muhandislik fakulteti 3-bino,
401-xonada 64-23 MMo’ guruhida katta
oqituvchi Ch.A.Azimova tomonidan “Falsafa fanidan “Jamiyat falsafasi mavzusida
ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi. Ochiq darsda “Ozbek tili va adabiyoti
kafedrasi mudiri, dotsent N.A.Aripova, dotsent. A.Nasridinov, dotsent
L.A.Xalmamatova, katta oqituvchi R.Sh.Turdibekova, assistent
A.Sh.Qurbonnazarov, assistent O.N.Fattoyeva, assistent G.Sh.Yuldasheva va guruh
tyutori N.Sh.Xidoyatovalar tashrif buyurdilar. Ochiq dars yuqori saviyada
tashkil etilgan bolib, dastlab oqituvchi va talabalar hamkorligida jamiyat
tushunchasining mohiyati va uning
rivojlanish bosqichlari, jamiyat rivojlanishining iqtisodiy, siyosiy va manaviy asoslari, Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi
va yangilangan Konstitutsiyaning ijtimoiy
ong transformatsiyasiga ta’siri,
Oʻzbekistonda “Yangi maʼnaviy muhit yaratish”
va “Maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasi haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar
berildi. Ochiq dars jarayonida talabalar tomonidan mavzu yaxshi ozlashtirilishi
uchun toliq harakat qilindi. Shuningdek, talabalarning ham mavzu yuzasidan
fikr-mulohazalarini organish maqsadida interfaol metodlar va mavzuga doir
videoroliklardan unumli foydalanilib, topshiriqlar berildi. Qizg’in
bahs-munozara shaklida olib borilgan
dars jarayonida talabalarning barchasi faol ishtirok etishdi va ozlarini
qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.