“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovini e'lon qilamiz

“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovini e'lon qilamiz

Tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan har chorakda (yanvar-mart, aprel-iyun, iyul-sentabr, oktabr-dekabr oylarida) bir marotaba tashkil etiladi. Tanlovda Respublikamizdagi barcha (davlat, xorijiy, xususiy) oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek, kasbiy taʼlim muassasalari va akademik litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda yuqori oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-oʻrin 1 nafar – Noutbuk (core i5) va I darajali diplom;

2-oʻrin 2 nafar – Smart televizor (43 dyumm) va II darajali diplom;

 3-oʻrin 3 nafar – Planshet (6/128) va III darajali diplom;

4-oʻrin 4 nafar – Smartfon (6/128) va faxriy yorliq;

5-oʻrin 5 nafar – Smartfon (4/64) va faxriy yorliq.

“Eng faol targʻibotchi” nominatsiyasi gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin 1 nafar – Planshet (6/128) va I darajali diplom;

2-oʻrin 2 nafar – Smartfon (6/128) va II darajali diplom;

3-oʻrin 3 nafar – Smartfon (4/64) va III darajali diplom.

Tanlovda faol ishtirok eting va oʻz bilim darajangizni sinovdan oʻtkazing. Nizom bilan tanishib chiqing.

https://taqu.uz/storage/files/80_1-ilova%20Nizom%20-20250327164220.pdf