Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo'limi

Muhiddin Isakdjanov

  • Lavozimi: Boʼlimi boshlig'i
  • Telefon: +998 55 508 0314
  • Email: m.iskdjanov@taqu.uz
  • Qabul vaqti: 16:00 & 18:00

Bo'lim faoliyati


Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat’’ tizimini boshqarish bo’limi Toshkent arxitektura-qurilish universitetining tarkibiy bo‘linmasi bo’lib, universitetida komplaens - nazoratni boshqarish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo‘naltirilgan. O‘z vakolatlari doirasida bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish Ichki nazorat bo‘limiga hisobot beradi.


Asosiy vazifalari:


  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
  • universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
  • universitetda korrupsiyaga qarshi kurash “komplaens- nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
  • universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
  • universitetda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
  • universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • universitetning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
  • universitet xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
  • universitetning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;
  • universitet faoliyatida korrupsiyaviy xolatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazadi;
  • so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘iboti bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;
  • professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
  • universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;
  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini o‘rganadi, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
  • universitetning rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;
  • universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish.


Bo’limning huquqlari:


  • universitet va uning tarkibiy tuzilmalariga ishga qabul qilish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, talaba (magistrant, doktorant, mustaqil izlanuvchi)larni imtihonlari (yakuniy, oraliq, malakaviy, yakuniy davlat attestatsiyasi, diplom himoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslyatsiya orqali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash;
  • universitet professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallar, xulosalar, birlamchi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni so‘rash, talab qilish va olish;
  • xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida universitet xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish, zarur hollarda ishchi guruhlar tashkil etish;
  • universitetning kengashi majlisi yig‘ilishlarida ishtirok etish;
  • universitet rektoriga korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens - nazorat masalalariga oid takliflar kiritish;
  • vakolati doirasida tekshiruvlar o‘tkazish, hujjatlarni talab qilish, universitetning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar)dan yozma tushuntirishlar olish, jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;
  • o‘z faoliyati doirasida universitetning tarkibiy bo‘linmalariga ko‘rsatmalar va tavsiyalar berish;


Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid masalalar yuzasidan axborot berish bo‘yicha aloqa kanallar


Email: taqukorrupsiyakomolaens@gmail.com

Telefon: +998555080314

Telegram: @taqu_corruption_bot

Universitetda korrupsiya xolatiga duch kelsangiz bizga murojaat qiling. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi!