Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi
Maxmudova Dildora Ernazarovna
“Muhandislik
kommunikatsiyalari” kafedrasiga dastlab Toshkent
Politexnika institutida 1932-yilda asos
solingan va u “Suv ta’minoti va kanalizatsiya” kafedrasi deb nomlangan.
1991-yili Toshkent arxitektura-qurilish instituti
tashkil etilgach, Toshkent arxitektura qurilish institutining 1998 yil 16
noyabrda ilmiy kengashi qaroriga muvofiq, ikkita yetakchi, o‘ziga xos boy
tajriba va an’analariga ega bo‘lgan “Suv ta’minoti va kanalizatsiya” hamda
“Issiqlik, gaz ta’minoti va ventilyatsiya” kafedralari birlashuvi asosida ushbu
kafedra “Injenerlik kommunikatsiyalarini loyihalash, qurish va ishlatish”
kafedrasi deb nomlandi.
1932-1943
yillar mobaynida “Suv ta’minoti va kanalizatsiya” kafedrasida texnika fanlari nomzodi,
dots.A.I.Bublik kafedraga rahbarlik qildi. 1943-1945 yillarda texnika fanlari
doktori, professor V.A.Botuk, 1945-1950 yillarda texnika fanlari nomzodi,
dots.A.I.Bublik, 1950-1956 yillarda texnika fanlari nomzodi, dots.N.F.Kalabin,
1956-1966 yillarda texnika fanlari nomzodi, dots.A.N.Obelchenko, 1966-1970
yillarda texnika fanlari nomzodi, dots. V.S.Malov, 1970-1980 yillarda fanlari
nomzodi, dots. R.A.Suleymanyans, 1980-1986 yillarda texnika texnika fanlari
nomzodi, dots. T.A.Abdullaev, 1986-1998 yillarda texnika texnika fanlari
nomzodi, dots.U.T.Zokirov rahbarlik qilgan. 1975-1986 yillarda texnika fanlari
doktori, dots. S.I.Tabak, 1975-1986 yillarda texnika fanlari nomzodi,
dots.A.X.Asadullaev, 1992-1996 yillarda texnika fanlari nomzodi, dots. Saidova
D.Z., 1996-2013 yillarda texnika fanlari doktori, professor Yu.K.Rashidov,
2013-2016 yillarda texnika fanlari nomzodi, professor E.S.Buriyev, 2016-2023
yillarda texnika fanlar nomzodi, dotsent D.E.Maxmudova, rahbarlik qilgan.
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti rektorining 2024-yil 16 avgustdagi
03/1682-son qarori va Universitet Kuzatuv kengashi qaroriga asosan “Injenerlik
kommunikatsiyalarini loyihalash, qurish va ishlatish” kafedrasi “Muhandislik
kommunikatsiyalari” kafedrasi etib o‘zgartirildi.
2024-yil avgust oyidan hozirgi kunga qadar texnika
fanlari nomzodi, professor D.E.Maxmudova “Muhandislik
kommunikatsiyalari” kafedrasida rahbarlik qilmoqda.
Muhandislik
kommunikasiyalari” kafedrasida 2 nafar fan doktori va 5 nafar professor, 8
nafar fan nomzodi va 7 nafar dotsentlar, 2 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar
assistentlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 70 foizni tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘qitishning ilg‘or
pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llashda, informatsion
texnoligiyalarni joriy etishda, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda hamda
ilmiy tatqiqot ishlarida namuna ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedra
professor-o’qituvchilari tomonidan yangi pedagogik texnologiyalar asosida
mashg’ulotlar olib borish yaxshi yo’lga qo‘yilgan. Ayni vaqtda, kafedra
professor-o’qituvchilari tomonidan yangi darsliklar va o’quv uslubiy
qo’llanmalar yaratish bilan birgalikda muhandislik kommunikatsiyalarining
dolzarb sohalarida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kafedraning
ilmiy izlanishlari bir qator oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish
institutlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Olingan ilmiy-amaliy natijalar
va xulosalar kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ilmiy anjuman va
seminarlarda muhokama qilinmoqda hamda ilmiy maqolalar tarzida chop etilmoqda.
Hozirgi
kunda kafedrada 60730400-
Muhandislik kоmmunikatsiyalari qurilishi va mоntaji (turlari bo’yicha),
60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi,
60730500-Suv ta'minoti, kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va
ekspluatatsiyasi, 60112400-Professional ta'lim (63730400-Muhandislik
kommunikatsiyalari qurilishi va montaji), 60710400-Energetika muhandisligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 70730401 – Muhandislik kommunikatsiya tizimlari,
qurilishi va montaji mutaxassisligi
bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.
Kafedra
professor-o‘qituvchilari universitetda o’qitilayotgan talabalarga 50 dan ortiq
fanlardan ta`lim berib kelmoqdalar. Kafedrada o’quv jarayoni zamonaviy darslik
va o’quv adabiyotlari bilan ta`minlangan. So’nggi uch yilda fanlardan 16 dan
ortiq darslik, 20 dan ortiq o’quv qo’llanmalar 4 ta monografiyalar nashr
etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o’qitiladigan barcha
fanlardan o’quv uslubiy majmualar yaratilib, o’quv jarayoniga joriy qilindi va
elektron adabiyot shaklida talabalarga yetkazildi.
Kafedra
olimlari O’zbekistonda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qurilishda
energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari ham resurs tejovchi
texnologiyalarni joriy etish hamda ulardan foydalanish mavzularida
ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Kafedrada
ishlab chqarish bilan innovatsion korparativ hamkorlikni rivojlantirish
maqsadida har yili qurilish tashkilotlari bilan xo’jalik shartnomalari asosida
ilmiy hajmdor ishlar bajarib kelinmoqda.
Talabalarni
amaliyotga yo’naltirish maqsadida “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ, O‘zbekiston
Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi “Irrigatsiya va suv muammolari
ilmiy-tadqiqot instituti”, O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fizika-texnika instituti” va “SANTEX-PROFI SERVIS” MCHJlar bilan hamkorlikda
dual ta’lim yo‘lga qo‘yildi.
Kafedra
tarkibida “Suv ta’minoti va kanalizatsiya”, “Ventilyatsiya va havoni
konditsiyalash tizimlari” hamda “Issiqlik-gaz ta’minoti” yo‘nalishlari bo‘yicha
zamonaviy o‘quv laboratoriyalari faoliyat yuritadi. Mazkur laboratoriyalar
ilg‘or texnologik uskunalar, innovatsion o‘lchov va nazorat qurilmalari bilan
jihozlangan bo‘lib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan
mustahkamlashga xizmat qiladi. Laboratoriya bazasi sohadagi so‘nggi texnologik
yutuqlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, ta’lim jarayonini zamonaviy talablar
darajasida tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda amaliy
loyihalarni samarali bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Kafedraning
bosh ilmiy yo‘nalishi muhandislik kommunikatsiya tizimlarida energiya
samaradorligini oshirish hamda ularda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
samarali foydalanish masalalarini qamrab oladi. Ushbu yo‘nalishda zamonaviy
energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, resurslardan oqilona
foydalanish hamda muqobil energiya manbalarini integratsiyalash orqali
tizimlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, kafedraning ilmiy
faoliyatida suv ta’minoti va oqava suvlarni oqizish tizimlarini ekspluatatsiya
qilishning ishonchli hamda xavfsiz usullarini ishlab chiqish va amaliyotga
tatbiq etish alohida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bu borada tizimlarning
barqaror ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish, ekologik
xavfsizlikni kuchaytirish hamda zamonaviy boshqaruv va nazorat mexanizmlarini
takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar amalga
oshirilmoqda.
Rashidov Yusuf Karimovich
t.f.d., professor
Professor
yu.rashidov@taqu.uz
Tursunova Elza Akramovna
i.f.n., professor
Professor
e.tursunova@taqu.uz
Ismanxadjaeva Muhaya Rixsiyevna
t.f.n., professor
Professor
i.muxaya@taqu.uz
Tursunova Umida Xaydarovna
i.f.n., professor
Professor
u.tursunova@taqu.uz
Buriyev Eshmurod Sattarovich
t.f.n., professor
Professor
e.buriyev@taqu.uz
Samadov Alisher Usmanovich
t.f.d., professor
Professor
a.samadov@taqu.uz
Kuchkarova Dilafruz Xurramovna
PhD, dotsent
Dotsent
d.kuchkarova@taqu.uz
Nurmanov Sarvar Ruziboyevich
PhD, dotsent
Dotsent
n.sarvar@taqu.uz
Mamajonov Toshpulat
Dotsent
Dotsent
t.mamajonov@taqu.uz
Kotova Lyubov Valentinovna
Dotsent
Dotsent
l.kotova@taqu.uz
Sultonova Shahzoda Yusufovna
Dotsent
Dotsent
sh.sultanova@taqu.uz
Bekmamadova Gulnoza Akmalovna
Dotsent
Dotsent
g.bekmamadova@taqu.uz
Najmiddinova Nigora Abduvalievna
Dotsent
Dotsent
n.najmiddinova@taqu.uz
Abbasova Adiba Ozodovna
Dotsent
Dotsent
a.abbasova@taqu.uz
Shamsiyeva Nargis Miravazovna
Dotsent
Dotsent
n.shamsiyeva@taqu.uz
Yakubov G‘ulom Musurmanovich
Dotsent v.b.
Dotsent v.b.
g.yakubov@taqu.uz
Kamalova Saodat Nigmadjanovna
Katta o‘qituvchi
s.kamalova@taqu.uz
Sarieva Zulfiya Bo‘ribayevna
Assistent
z.sariyeva@taqu.uz
Adxamova Gulnoza Olimjon qizi
Assistent
g.adxamova@taqu.uz
Agzamova Ziyoda Ravshanovna
Assistent
z.agzamova@taqu.uz
Axmadaliyev Sardor Sobirjon o‘g‘li
Assistent
s.axmadaliyev@taqu.uz
Ne’matov Davlatbek Berdiyor o‘g‘li
PhD
Assistent
s.nematov@taqu.uz