Menejment kafedrasi

Ismailov Akmal

  • Lavozimi: Kafedra mudiri
  • Telefon:
  • Email: a.ismailov@taqu.uz
  • Qabul vaqti: 14:00 & 16:00

Kafedradagi o‘qituvchilar


F.I.Sh.

Lavozimi

Stavka

Asosiy shtatdagilar

1.

Ismailov Akmal Maxsudovich

kafedra mudiri

1,0

2.

Davletov Islombek Xalikovich

professor

1,0

3.

Berdiyeva Dilfuza Axatovna

professor v.b.

1,0

4.

Mamatqulova Nodira Maxkamovna

dotsent

1,0

5.

Xalilova Aziza Rustamovna

dotsent

1,0

6.

Axmedov Otabek Begijanovich

dots.v.b.

1,0

7.

Xaydarova Eʻzoza Shukrullaevna

dots.v.b.

1.0

8.

Akbarxadjayeva Zilola Zaynutdinovna

katta oʻqituvchi

1.0

9.

Zikrullaev Valixon Gʻaybullaevich

katta oʻqituvchi

1,0

10.

Atadjanova Feruza Sadriddinovna

assistent

1.0

11.

Normirzayev Oʻlmasjon Muzaffarjon oʻgʻli

assistent

1.0

Ichki oʻrindoshlar

12.

Nurimbetov Ravshan Ibragimovich

prof.

0,5

13.

Raximov Qodirbek Ergashovich

dotsent

0.5

14.

Madaminov Umid Usmonovich

katta oʻqituvchi

0,25

15.

Mirzaxmedov Shoxruh Anvarovich

assistent

0.5

Tashqi oʻrindoshlar

16.

Mamanazarov Oybek Shomurodovich

professor

0,5

17.

Mirisayev Abduraxmon Abdulaxatovich

dotsent

0.5

18.

Sultonov Alisher Sabirjanovich

dotsent

0.5

19.

G’afurov Komol Nurilxaqovich

katta oʻqituvchi

0,25

20.

Gʻulomova Shaxlo Baxtiyor qizi

assistent

0.25

21.

Nasullaev Ahatjon Askaroviya

katta o‘qituvchi

0.25


Kafedra faoliyati


Kafedra 2002-yil 12-iyuldagi Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektorining 144-sonli buyrug‘i bilan "Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi bazasida mutaxassis chiqaruvchi "Menejment” kafedrasi sifatida tashkil etilgan.

Kafedrani 2002-2009 yillarda t.f.n., dots. Gimush R.I., 2009-yil dekabr oyidan 2012-yil aprel oyiga qadar i.f.n., prof. Xairova D.R., 2012-yil 2-apreldan 2023 yil 23-mayga qadar i.f.d., prof. Davletov I.X., 2023-yil 25-maydan  27-avgustga  qadar i.f.d., prof. Nurimbetov R.I., 2023-yil 29-avgustdan 2024-yil 2-dekabrga qadar  PhD, dots. Berdiyeva D.A. lar boshqarib keldilar. 2024 yil 4 dekabrdan kafedrani i.f.d., prof. Ismailov A.M. boshqarib kelmoqda.

Bugungi kunda kafedrada professorlar:  Nurimbetov R.I., Davletov I.X.,  D.R., prof. v.b. Berdiyeva D.A., dotsentlar:  Rahimov Q.E., Mamatkulova N.M., Xalilova A.R., Sultanov A.S., dotsent v.b.lar: Axmedov O.B., Xaydarova E.Sh., katta o‘qituvchilar: Akbarxodjaeva Z.Z., Zikrullaev V.G‘.,  assistentlar: Atadjanova F.S., Normirzaev O‘.M., Mirzaxmedov Sh.A.  va o’quv-yordamchi xodim – kabinet mudiri Xalilov R.I. lar faoliyat olib bormoqdalar.

Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 55 foizni tashkil etadi. Kafedrada hozirgi kunda jami 21 nafar professor-o‘qutuvchilar faoliyat yuritadi. Shundan 4 nafar professor, 1 nafar professor v.b., 5 nafar dotsent, 2 nafar dotsent v.b, 5 nafar katta o’qituvchi, 4 nafar assistent. Ushbu professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kungacha qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohalariga oid bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar nashr etilgan.

Hozirgi paytda esa kafedrada baklavriatning 60411200 – “Menejment(qurilish)” (kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari) va 60730200 – “Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishlari hamda magistraturaning 70410901- “Biznesni boshqarish (Master of Business Administration -MBA)” mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bakalavriyat ta’lim yo’nalishlarida – “Biznesga kirish”, “Akademik ko‘nikmalar va va kasbiy kompetentlik”, "Menejment”, "Menejment va marketing”, "Qurilishda menejment”, “Qurilishda marketing”, “Innovatsion menejment”, "Ishlab chiqarish menejmenti”,  “Strategik menejment”, “Sifat menejmenti”, “Ma’muriy menejment”, “Moliya”, “Moliyaviy menejment”, “Mahsulot sifati menejmenti”, “Inson resurslarini boshqarish”, “Loyiha boshqaruvi”, “Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish”, “Qurilishda biznes-rejalashtirish”, “Uy-joy fondini boshqarish”, “Moliya va soliqlar”, “Tadbirkorlik”, “Tadbirkorlik asoslari” va “Tashkiliy hulq” fanlaridan, shuningdek, magistratura mutaxassisliklarida  esa  - “Oliy ta’limni boshqarish va marketing”, “Innovatsiyalarni boshqarish, texnologiyani tijoratlashtirish hamda transfer qilish”, “Bojxona ishi”, “Biznesni raqamli boshqarish”, “Biznesni rejalashtirish”,  “Korxona iqtisodiyoti”, “Xalqaro tadbirkorlik”, “Kichik biznes va tadbirkorlik”,  “Inson resurslarini boshqarish”,  “Hududlar iqtisodiyoti va hududlarning rivojlanish siyosati”, “Korporativ boshqaruv”, “Uy-joy kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish”, “Kommunal infratuzilma ob’ektlari menejmenti”, “Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasida me'yoriy hujjatlar tizimi”,  “Kommunal infratuzilmani innovatsion va investitsion boshqarish” va  “Uy-joy kommunal infratuzilmani strategik boshqarish” kabi fanlardan talabalarga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda  dars mashg’ulotlari olib borilmoqda. Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

  • O‘zbekiston Respublikasida uy-joy qurilishini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari va mexanizmalarini takomillashtirish;
  • turar joy binolari loyiha yechimlarini kompleks baholashning ilmiy-uslubiy asoslari;
  • respublikada  uy-joy fondini boshqarish tizimini davlat-xususiy sherikchilik asosida boshqarish va moliyaviy boshqaruv mexanizmi samaradorligini oshirish;
  • iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida sanoat va qurilish sanoati korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy salohiyati, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va innovatsion faoliyatini  boshqarish uslubiyotini tako-millashtirish yo‘nalishlari;
  • qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida boshqaruv mexanizmini takomillashtirish samarador ligini oshirish yo‘llari.

Kafedrani bitirgan yosh mutaxassislar qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasidagi korxona va tashkilotlarda rahbar, menejer, muhandis, bosh muhandis,  muhandis-iqtisodchi, ish yurituvchi(prorab), yetakchi mutaxassis va bo’lim boshliqlari, shuningdek sohadagi professional ta’lim  yo’nalishidagi texnikum va  kasb-hunar kollejlarida direktor, direktor o’rinbosari  va o’qituvchi lavozimlarida ishlashlari mumkin.