Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar prorektori

Mirdjalilova Dildora Shuxratovna

Mirdjalilova Dildora Shuxratovna

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor v.b.
Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar prorektori
d.mirdjalilova@taqu.uz
16:00 & 18:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

-          O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ilm-fan, innovatsion faoliyat, ta’lim hamda kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

-          mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy tadqiqot faoliyati jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

-          ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ilm-fan va ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;

-          oliy ta’lim muassasasining ilmiy faoliyat yo‘nalishlarini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishni ta’minlash;

-          professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari ilmiy qismidagi vazifalar bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

-          xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, dolzarb mavzularda ilmiy mavzularda seminarlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

-          ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish, innovatsion faoliyatni tashkil etish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

-          doktorantlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

-          oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

-          ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish;

-          xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, xalqaro ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlash va e’lon kilish, ularning iqtibosligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

-          oliy ta’lim muassasasida ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarni tashkil etish va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash.

-          ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy seminarlar, anjumanlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

-          ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar doirasida olinadigan intellektual mulk ob’ektlari va intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish;

-          xo‘jalik sub’ektlari bilan shartnomalar, innovatsion ilmiy-amaliy dasturlarni, patent-litsenzion faoliyatini amalga oshirish;

-          professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ta’lim oluvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish va boshqarish;

-          ilmiy noshirlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

-          yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini tashkil etish va boshqarish;

-          ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmalari va tanlovlar faoliyatini tashkil etish va ishtirok etish;

-          o‘z vakolati bo‘yicha davlat boshkaruv idoralari, mulkchilikning barcha shakllari bo‘yicha mahalliy o‘zi-o‘zini boshqarish tashkilotlari, korxonalar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

-          o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash va oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish joriy rejasiga taklif va tavsiyalar tayyorlash;

-          O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, OTMning Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalari, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.

 

Quyidagi faoliyatlar bo‘yicha umumiy boshqaruvni tashkil etadi:

-          oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlari va innovatsion faoliyati;

-          oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlar va innovatsion faoliyatiga aloqador bo‘linmalar va fakultetlararo ilmiy laboratoriyalar faoliyati;

-          oliy ta’lim muassasasining doktorantura bo‘limi va ilmiy bo‘limi, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyati;

-          ilmiy jurnallar muharrirlari va tahririyat kengashlari faoliyati.

 

Quyidagi ishlarni muvofiqlashtiradi:

-           ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha mas’ul xodimlar (dekan muovinlari), ilmiy tadqiqotchilar faoliyatini;

-          fan doktori (DSC), falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar ishlarini;

-          ta’lim oluvchilarning (bakalavriatura va magistratura talabalari) ilmiy tadqiqot ishlarini;

-          oliy ta’lim muassasasining yosh olimlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash faoliyatini.

Mirdjalilova Dildora Shuxratovna 1986-yil Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan.

Ma’lumoti – oliy, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor v.b.

    Mehnat faoliyati:

  • 2011-2016 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish kafedrasi assistenti
  • 2016-2018 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish kafedrasi katta o‘qituvchisi
  • 2018-2022 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi
  • 2022-2023 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish kafedrasi mudiri v.b.
  • 2023-2024 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti iqtisodiyot kafedrasi mudiri
  • 2024 y - h.v. - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar prorektori.