Fakultet tarixi
1. Dastlabki
davrlar (1930–1950-yillar):
- TAQU muhandislik fakultetining asosi 1931-yilda
Toshkentda tashkil etilgan O‘rta Osiyo Politeknik instituti tarkibida
qo‘yilgan.
- O‘sha davrda fakultetning asosiy vazifasi sanoat korxonalari
va infratuzilma obyektlari uchun muhandislarni tayyorlash edi.
- Qurilish va muhandislik sohasida maxsus
bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislar yetishmovchiligi fakultet tashkil
etilishining asosiy sabablaridan biri bo‘ldi.
2. 1950–1980-yillar:
- Fakultet
qurilish muhandisligi, gidrotexnika va shaharsozlik yo‘nalishlariga
ixtisoslashdi.
- Sovet Ittifoqining sanoatlashtirish dasturlari
tufayli fakultetda muhandislar tayyorlash jarayoni jadallashdi.
- Shu davrda zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish
va ulardan foydalanish talab etilar edi, bu esa o‘quv dasturlarini
diversifikatsiya qilishga olib keldi.
- Fakultetda yirik zavodlar, suv omborlari va
boshqa infratuzilma obyektlari uchun loyiha ishlari olib borilgan.
3. Mustaqillik yillarida
(1991–hozirga qadar):
- O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, muhandislik
fakultetining rivojlanishi yangi bosqichga ko‘tarildi.
- Qurilish va muhandislikka zamonaviy yondashuv,
ekologik barqarorlik, yangi materiallar va texnologiyalardan foydalanish
masalalari asosiy e'tiborga olindi.
- Fakultetda yangi yo‘nalishlar ochildi, jumladan:
- Qurilish
materiallari va texnologiyalari.
- Muhandislik
kommunikatsiyalari va infratuzilma.
- Qurilishda
ekologik muhandislik.
- Fakultet xalqaro universitetlar bilan hamkorlikni
kengaytirib, zamonaviy talab va standartlarga mos dasturlarni joriy etdi.
- Talabalar uchun ilg‘or texnologiyalar asosida
o‘quv laboratoriyalari va amaliyot dasturlari tashkil etildi.
4. Bugungi kunda:
- Muhandislik
fakulteti muhandislik va qurilish sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlashda yetakchi hisoblanadi.
- Ilmiy tadqiqotlar, xalqaro loyihalar va
innovatsion ishlanmalar fakultetning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
- Fakultet bitiruvchilari O‘zbekiston va xorijdagi
qurilish kompaniyalari, muhandislik firmalari va ilmiy markazlarda
faoliyat yuritmoqda.
Fakultet haqida
Muhandislik fakulteti tasarrufida 5 ta kafedra mavjud boʻlib, 4 ta mutaxassis tayyorlovchi (“Geomatika muhandisligi”, “Muhandislik kommunikatsiyalari”, “Qurilish va atrof-muhit muhandisligi” hamda “Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi”) va 1 ta umumkasbiy “Matematika va tabiiy fanlar”) kafedralar faoliyat yuritadi.
Fakultetda quyidagi 15 ta bakalavriat taʻlim yoʻnalishi boʻyicha yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.
Bakalavr
yoʻnalishlari:
60721500 – “Geodeziya
va geoinformatika”;
60730400 – “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi”;
60711800 – “Atrof-muhit
muhandisligi”;
60720300 – “Materialshunoslik”;
60723300-“Geomatika
muhandisligi”;
61020300-“Mehnat
muhofazasi va salomatlik muhandisligi”;
60730300-“Qurilish
muhandisligi (Qurilish materiallari texnologiyasi va standartlashtirish)”;
60722500-“Geodeziya,
kartografiya va kadastr (qurilish)”;
60710400-“Ekologiya
va atrof muhit muhofazasi (qurilish)”;
60730600-“Muhandislik
qurilishi: Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi”;
60112400-“Professional
taʻlim (60730400-Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji)”;
60720600-“Materialshunoslik
va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish)”;
60730700-“Qurilish
muhandisligi: Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab
chiqarish”;
60730400-“Muhandislik
kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari boʻyicha)”;
60730500-“Suv taʻminoti, kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi” taʻlim yoʻnalishlari boʻyicha 4 yil muddatda bakalavrlar tayyorlanmoqda.
Fakultet ilmiy faoliyati toʻgʻrisida maʻlumotlar
Muhandislik fakultetining
quyidagi vazifalarni amalga oshirishga katta eʻtibor beriladi: yangi oʻquv
dasturi asosida taʻlim sifatini yanada oshirish; talabalarning mustaqil
ishlarini tashkil etish va rahbarlik qilish; uzluksiz amaliyot jarayonini
yaxshilash; ishlab chiqarish, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan
aloqani mustahkamlash; talabalar bilimiga baho berishda reyting usulini joriy
etish va x. k.
Kafedralarda bajariladigan ilmiy
- tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalar muntazam jalb etilib kelinmoqda.
Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari ilmiy anjuman va seminarlarda
muhokama etilib, hisobotlarda va maqolalarda oʻz aksini topmoqda.
Fakultet professor-oʻqituvchilari
jamoasi tomonidan monografiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy
qoʻllanmalar yaratilmoqda. Respublika va xorij jurnallarida professor
oʻqituvchilar ilmiy maqolalari muntazam chop etilib turadi.
Fakultet professor-oʻqituvchilari
qurilish ilmi va uning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish borasida
ham muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Ilmiy-tadqiqot ishlari Davlat grantlari
asosida bajariladigan innovatsiya, amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqarish
tashkilotlari buyurtmasiga koʻra xoʻjalik shartnomalari shaklida olib borilmoqda.
Buning natijasida kafedralar moddiy texnika taʻminoti yuksalmoqda,
oʻqituvchilar ijtimoiy himoyalanmoqda va universitet xazinasiga ham sezilarli
mablagʻ tushmoqda.
Fakultetda talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga jiddiy eʻtibor beriladi. Professor-oʻqituvchilar va murabbiylar har bir talabani komil inson qilib tarbiyalashga bor kuch-gʻayratlarini sarflamoqdalar. Fakultetda milliy qadriyatlar, milliy anʻanalar, bayramlar, sharqona urf-odatlar, udumlarga bagʻishlangan kechalar, yigʻilishlar, suhbatlar muntazam oʻtkaziladi. Taniqli adabiyot va sanʻat namoyandalari, shoirlar, bastakorlar, yozuvchilar, aktyorlar bilan ijodiy uchrashuvlar uyushtiriladi.
Mahalliy xom-ashyo va sanoat chiqindilari asosida qurilish
materiallari, toʻldiruvchilar va ular asosida qurilish konstruksiyalar va devor
panellarini loyihalash;
Mineral
va polimer bogʻlovchilar asosida kompozitsion qurilish materiallari yaratish va
tadqiq etish;
Kompozitsion
qurilish materiallarining nano va mikrostrukturalarini xossalarini oʻrganish;
Mahalliy
xom-ashyolar asosida modifikatsiyalangan bogʻlovchilar bilan koʻchuvchan
qumlarni xossalarini yaxshilash va qoʻllash texnologiyasi;
Chiqindilar
asosida olingan qumni qotiruvchi reagentlarning fizik-kimyoviy, struktura hosil
qilish va reologik xossalarini oʻrganish;
Ikkilamchi
xom-ashyo asosida yaratilgan import oʻrnini bosuvchi modifikatsiyalangan
superplasifikator qoʻshilgan yuqori mustahkamlikka ega va yemirilishga
bardoshli beton ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.
Fazoviy
geodezik toʻrni barpo etish usullari va xatoliklarini matematik
modellashtirish;
GNSS
asosida geodezik tarmoqlarni optimallashtirish usullarini ishlab chiqish
(konchilik obyektlari misolida);
Qurilish
konstruksiyalarining shakli va fazoviy holatining parametrlarini aniqlashda
geodezik usullarni takomillashtirish;
Global
pozitsion sistemada aniqlangan planli geodezik
toʻrlarni tenglashtirishda koordinatalar usulini qoʻllash;
Qishloq
aholi punkti yerlarini baholashning uslubiyatini takomillashtirish (Toshkent
viloyati Yuqori Chirchiq tumani misolida);
Gidrotexnik
inshootlarning geodezik kuzatuv natijalarini tahlil qilish va deformatsiyasini
prognozlash;
Qishloq
aholi punktlari yerlarini monitoringini yuritish usullarini takomillashtirish
(Toshkent viloyati misolida);
Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarida GAT texnolgiyalarini yaratish uslubiyatini tadqiq qilish va ishlab chiqish;
Muqobil energiyadan foydalanish;
Energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari;
Gelioqurilmalar va ularning tuzilishi va foydalanish;
Suv taʻminoti tizimlarining tejamkor, ishonchli,
takomillashgan usullarini tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish;
Oqova suvlarni oqizish tizimlarining tejamkor, ishonchli, takomillashgan usullarini tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish;
Geometriya va topologiya;
Differensial tenglamalar va matematik fizika tenglamalari;
Taʻlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika);
Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari;
Elektr
tizimlari va mashinalari.