"Muhandislik oyligi" doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida press-tur oʻtkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Muhandislik oyligi" doirasida press-tur tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muhandislik sohasining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilib, ushbu yo‘nalishda yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilindi. Xususan, Prezidentimizning 2024-yil 21-martdagi “Muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yilning aprel oyi mamlakatimizda "Muhandislik oyi" deb e’lon qilindi. Mazkur tashabbus doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025-yil 23-aprel kuni press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida OAV vakillari universitetda muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar, talabalar tomonidan bajarilgan innovatsion loyihalar va ularning ilmiy-amaliy ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar. Press-tur ishtirokchilari universitetning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan dual ta’lim dasturlari asosida olib borilayotgan faoliyati, shuningdek, yetakchi qurilish kompaniyalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar. Shuningdek, talabalarning amaliyot o‘tashi uchun ajratilgan hamkor qurilish obyektlaridan biri Golden house ning O'z Mahal turar joy majmuasiga tashrif uyushtirilib, u yerda ular qanday real loyihalarda ishtirok etayotgani, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirayotgani namoyish etildi. O‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan, qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan bitiruvchi talabalar bilan ham ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur press-tur muhandislik sohasi va ta’limi ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlarni ushbu yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/48152