Korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo'limi

Muhiddin Isakdjanov

Muhiddin Isakdjanov

Boʼlimi boshlig'i
m.iskdjanov@taqu.uz
+998 55 508 03 14
16:00 & 18:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

Bo'limning tarixi:


Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi universitetda korrupsiyaning oldini olish, qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini qaror toptirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 maydagi PF-5927-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2020 yil 4 sentabrdagi 22-2488-sonli topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 iyundagi 281-sonli buyrug‘i asosisda tashkil etilgan.

Bo‘limning asosiy vazifalariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat tizimini joriy etish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni kamaytirish, shuningdek jamoatchilik nazorati va monitoringni tashkil etish kiradi.

Bo‘lim tomonidan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqiladi, xizmat tekshiruvlari yuritiladi, davlat xaridlari jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi tahlil qilinadi hamda profilaktik targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi. Faoliyat natijalari bo‘yicha har chorakda rahbariyat va tegishli vazirlikka hisobot taqdim etiladi.

Bo‘lim tuzilmasi Bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassisdan iborat bo‘lib, Bo‘lim boshlig‘i o‘z faoliyatida bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.

Bo'limning asosiy vazifalari:


  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
  • universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini oliy ta’lim muassasasi miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
  • universitetda korrupsiyaga qarshi kurash “komplaens- nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
  • universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
  • universitetda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
  • universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • universitetning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
  • universitet xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
  • universitetning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;
  • universitet faoliyatida korrupsiyaviy xolatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazadi;
  • so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘iboti bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;
  • professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
  • universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;
  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini o‘rganadi, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
  • universitetning rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;
  • universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish.


Bo’limning funksiyalari:


Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti hujjatlar va qarorlar ijrosi ustidan nazorat olib boradi;
  • korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi hamda ularning ijrosini ta’minlaydi;
  • korrupsiya faktlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari reestrini yuritadi;
  • davlat xaridlari jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilish va kontragentlar ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
  • universitet xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini amalga oshiradi;
  • korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
  • xodimlar va talabalar o‘rtasida profilaktik suhbatlar, seminarlar, uchrashuvlar va konferensiyalar tashkil etadi;
  • korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovlar va tadqiqotlar o‘tkazadi;
  • korrupsiyaga qarshi targ‘ibot ishlarining samaradorligini baholaydi;
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini o‘rganadi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • universitetning rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limidagi ma’lumotlarning muntazam yangilanib borilishini ta’minlaydi;
  • har chorakda va zaruratga ko‘ra amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha rektorga hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Komplaens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hisobot taqdim etadi;
  • davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.


Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid masalalar yuzasidan axborot berish bo‘yicha aloqa kanallar:


Email: taqukorrupsiyakomolaens@gmail.com

Telefon: +998555080314

Telegram: @taqu_corruption_bot

Universitetda korrupsiya xolatiga duch kelsangiz bizga murojaat qiling. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi!

Xosilov Aktam Avazovich
Xosilov Aktam Avazovich

Bosh mutaxassis