Kafedra faoliyati
Kafedra 1998 yilda "Suv ta’minoti va
kanalizatsiya”, hamda "Issiqlik gaz ta’minoti va ventilyatsiya” kafedralari
birlashuvi
asosida tashkil topgan. Каfedra tashkil etilgandan buyon kafedrani 1998-2012
yillarda t.f.n., professor Yu.K.Rashidov, 2012-2016 yillarda t.f.n., dotsent
E.S.Bo’riyev, hozirgi vaqtda kafedraga t.f.n., dotsent D.E.Mahmudova mudirlik
qilmoqda. 2024 yil kafedra “Muhandislik kommunikatsiyalari” nomi bilan qayta
tashkil etildi. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 59 foizni tashkil
etadi. " Muhandislik kommunikasiyalari” kafedrasida 5 ta professor, 5 ta
dotsent va 6 ta katta o‘qituvchi va 1ta assistent faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘qitishning ilg‘or pedagogik
texnologiyalarini ishlab chiqish va qo‘llashda, informatsion texnoligiyalarni
joriy etishda, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda hamda ilmiy tatqiqot
ishlarida namuna ko‘rsatib kelmoqdalar.
Kafedra
professor-o’qituvchilari tomonidan yangi pedagogik texnologiyalar asosida
mashg’ulotlar olib borish yaxshi yo’lga qo‘yilgan. Ayni vaqtda, kafedra
professor-o’qituvchilari tomonidan yangi darsliklar va o’quv uslubiy
qo’llanmalar yaratish bilan birgalikda muhandislik kommunikatsiyalarining
dolzarb sohalarida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kafedraning
ilmiy izlanishlari bir qator oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish
institutlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Olingan ilmiy-amaliy natijalar
va xulosalar kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ilmiy anjuman va
seminarlarda muhokama qilinmoqda hamda ilmiy maqolalar tarzida chop etilmoqda.