Muzey boʻylab sayohat
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura
fakulteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini
Yo.G'.Mamasharipov, tyutorlar Islamxadjayeva D.A. Murodova M.I.
boshchiligida talaba-yoshlar bilan Shon-sharaf muzeyida bo'ldilar.
Elimizning
bu jasorati, mehr-muruvvat va insonparvarlik fazilatlari hali hamon shon-sharaf maktabi, gʼurur-iftixor manbai boʼlib kelmoqda. Vaqt oʼtgani sayin bu oʼlmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shon-sharaf muzeyida esa ana shunday shonli tarix oʼz
ifodasini topgan. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv
usullar yordamida aks ettirilgan. Shu vaqtga qadar Ikkinchi jahon urushida
Oʼzbekistondan 1 million 500 mingga yaqin kishi ishtirok etgan, deb hisoblanar
edi. Shuningdek, 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat
mukofotlari bilan taqdirlangani hujjatlar orqali oʼz tasdigʼini topganligi
bo'yicha talabalarga qiziqarli ma'lumotlar berildi.