Muzeyga sayohat
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura
fakulteti tyutorlari D.Arifjanova, N.Mavlonova, N.Toʻrayeva hamda talabalar
Olmazor tumanidagi "Gʻalaba bogʻi"ga ekskursiya uyushtirdi. Bog‘ning
ekspozitsiyasida front hayoti sahnalari, misoli muzey ichida jonlantirilgan
harbiy ofitserlarning manekenlari, okoplar, blindajlar va dala oshxonalari
kompozitsiyalari, temir yo‘l vokzali, eski kutubxonalar va yarani bog‘lash
punktlari aks ettirilgan noyob muzey bor. Shu yerning o‘zida urush yillaridagi
noyob harbiy qurollarning ko‘rgazmasi ham taqdim etilganligini talabalarga
yetkazildi.